Breaking News

Urush faxriylari bu gal ham Trampga ovoz beradimi?


Trampga ovoz berayotgan va bermayotgan veteranlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:39 0:00

Amerikada urush faxriylari odatda Respublikachilar partiyasiga ovoz beradi. Ammo oxirgi to’rt yilda ayrimlarining siyosiy qarashlari o’zgargan.

So’rovlarga qaraganda, urush faxriylarining 52 foizi saylovda Prezident Trampga ovoz bermoqchi.

“Ko’pchilik Trampga ovoz berishining sababi oddiy – u bergan va’dalarini bajaryapti”, - deydi Jeff Jordan.

Iroq va Afg’onistonda xizmat qilgan Jordan prezidentning Afg’onistonda askarlar sonini kamaytirish, urushni tugatish uchun Tolibon harakati bilan muzokara qilish qarorini olqishlaydi.

“Nazarimda, harbiylarni uyga qaytarish to’g’ri qaror. Qariyb 20 yildan beri urushdamiz. Nimaga erishdik”, - deydi u.

Jeff Jordan Trampni quvvatlash bilan birga o’zi ham Kongressga saylanmoqchi. U Vyetnam urushida xizmat qilgan Kurtis Xerrik singari faxriylar bilan bog’lanib, dasturini tushuntiradi.

“Trampni jinkanch odam deb hisoblab, boshqa hech narsani hisobga olmasdan uni rad etish ham to’g’ri emas. Chunki u aytganlarini qilayapti”, - deydi Xerrik.

Unga Trampning qaror qabul qilish uslubi yoqadi.

“Kuniga 20 soat ishlaydi. Tezda qaror qiladi. Masalan, Prezident Obama Afg’onistonda qo’shin sonini oshirishdan oldin to’qqiz oy o’ylagan”, - deydi Xerrik.

So’rovda qatnashgan urush faxriylarining 42 fozi esa 3-noyabrga qadar Demokratik partiya nomzodi Jo Baydenga ovoz berishini aytgan. Shulardan biri Jim Neylor. Dengiz piyoda qo’shinlarida xizmat qilgan. 2016-yilda u Trampga ovoz bergan.

“Keyin afsuslandim. O’zimni chirkin his qildim”, - deydi u.

Neylor “Trampga qarshi respublikachilar” degan guruh uchun video tayyorlab berdi. Trampning veteran va harbiylarga nisbatan haqoratlari, jumladan sobiq senator Jon Makkeyn, sobiq mudofaa vaziri Jim Mattis va impichment paytida prezidentga qarshi guvohlik bergan Aleksandr Vindmanni tanqid qilgani bunga sabab bo’lgan.

Neylor fikricha, Trampning Suriya bo’yicha qarori harbiylarni badnom qildi.

“U yerdagi askarlarimiz uyga qaytgani yo’q. Tramp so’zi bilan aytganda, ular bizga “pul to’layotgan” davlatlarga jo’natildi. Masalan, Saudiya Arabistoniga. Bu ish biz urushga boradigan sabablarning barchasiga zid. Yollanma jangchi emasmiz, eng ko’p to’lagan tomonga sotilmaymiz. To’g’rilik uchun kurashamiz”, - deydi sobiq harbiy.

So’rovda qatnashgan ayol veteranlarning uchdan ikki qismi Trampni layoqatsiz deb biladi. Loren Sims prezidentning pandemiyaga qarshi ko’rgan choralarini bo’ron ichida qolib kegan kemani boshqarishga qiyoslaydi.

“Pandemiya haqida gapirganda, Trampning vazifasi kursni belgilab, vaziyatga qarab korrektirovka kiritish. U esa hatto yo’nalishni belgilamadi. Bu qo’rqinchli. Bu ishni endi Jo Bayden zimmasiga oladi”, - deydi sobiq harbiy.

Haliyam bir qarorga kelmagan ayrim fuqarolar singari urush faxriylarining kichik bir qismi uchinchi partiyalarga ovoz berishini aytadi.

“Nomzodlarning ikkisi ham to’g’ri kelmaydi”, - deydi Josh Hill.

Iroq urushida qatnashgan Hill 2016-yilda ham hech kim tanimaydigan nomzodlarga ovoz bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG