Breaking News

Amerika bo'ylab Trampga qarshi namoyishlar


Amerika bo'ylab Trampga qarshi namoyishlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:15 0:00

Amerika bo'ylab Trampga qarshi namoyishlar

Amerikaning katta shaharlarida minglab odamlar prezidentlikka saylangan Donald Trampga qarshi namoyishga chiqdi.

Namoyishlar tinch, tartibli o'tayapti, biroq ularning shovqini va da'vatlari quloqni yoradi. "Tramp ketsin, Amerikaga irqchi rahbar kerakmas" deya hayqirdi ular.

Nyu-York shahri markazida tumonat odam, Tramp minorasini qurshab oldi.

"Amerika katta xatoga yo'l qo'ydi deb o'ylayman", - deydi mana bu fuqaro.

Vashingtonda, Oq uy ro'parasida ham Trampga qarshilar jam bo'ldi.

"Dahshatdaman. Kubalik qochqinlar oilasidanman va bu davlat bizga panoh berganidan minnatdorman. Hozir esa dahshatdaman", - deydi yana bir suhbatdosh.

Namoyishchilar Chikagoda avtomobil yo'llarini to'sib qo'ygan. Filadelfiya, Boston, Los-Anjeles, San-Fransisko va Sietlda ham shu manzara.

Chorshanba ertalab Kaliforniyada, ispanzabon aholisi ko'p shtatda maktab va kollej talabalari sinf xonalarini tark etib ko'chalarga chiqqan.

Aksariyat namoyishchilar Tramp ma'muriyatidan qo'rquvda. U aksil-immigratsion siyosatni olg'a suradi, deya xavotirda ular.

Bu fuqarolar Trampni iqrchi, nafratni targ'ib qiluvchi, ayollarni behurmat qiladigan arbob deya tanqid qilmoqda.

Tramp tomonidan namoyishlar borasida biror izoh yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG