Breaking News

Donald Tramp va Berni Sanders AQSh prezidentligi uchun so'rovlarda oldinda


Saylov-2016: AQShda prezidentlik poygasi qizg'in
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00

Saylov-2016: AQShda prezidentlik poygasi qizg'in

AQSh prezidentligi uchun saylovga bir yildan oshiq vaqt bor. Saylovoldi so'rovlarda respublkachilardan Donald Tramp va demokratlardan Berni Sandersning oldinda borayotgani ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi. Buning sababi nimada?

Donald Tramp ichidagini ochiq aytadigan odam.

Respublikachilarning birinchi bahsi o'tib, Tramp hanuz so'rovlarda birinchi o'rinni egallab kelmoqda.

"Yaqin Sharqda nasroniyligi uchun boshi kesilayotganlar bor. Chegaralarda odamlar qirilayotgan joylar bor. Dunyo parchalanib ketyapti, ammo ayrimlar mening qanaqa ohangda gapirayotganimni bahs qilish bilan band", - deydi Tramp.

Tramp mamlakatning qanday yo'ldan ketayotgani haqidagi konservativ qarashlarga zo'r berib, siyosat olamida yangi ekani bois ham odamlar e'tiborini tortmoqda.

Jeb Bush Tramp qarashlari mamlakatni bo'ladi, degan fikrda.

"Tizim ishlamayotganidan, hukumat biz uchun ishlamayotganidan men ham tushkunman. Lekin jahl bizni harakatsiz qoldirmasligi kerak", - deydi u.

Nomzodlar Trampga qarshi hujumlarga zo'r bergan. Senator Rend Pol moliyalagan reklama ham shu haqda.

Respublikachi nomzodlar soni 17 ta va ular hali uzoq yo'lni bosib o'tishi kerak, deydi tahlilchilar.

"Jeb Bush asosiy nomzodlardan, ammo u bahsda yaqqol ko'zga tashlanmadi. Bu esa respublikachilar orasida hozir aniq bir yetakchi yo'qligidan dalolat beradi", - deydi tahlilchi Josh Kraushar.

Demokratlardan vermontlik senator Berni Sanders yana bir kutilmagan nomzod.

U liberal demokratlar orasida ko'p tarafdorlarga ega va Xillari Klintonga qarshi jiddiy raqib bo'lishi mumkin.

"Biz birga yangi Amerikani bunyod etishimiz mumkin", - deydi u.

Klintonning xalq ishonchini qozonishi qiyin kechayotgan bir paytda Sanders Nyu-Xempshir shtatidagi so'rovda g'olib chiqdi.

Klinton muammolari respublikachilar uchun tayyor mavzu bo'ldi, deydi tahlilchi Kraushar.

"Ular Xillari Klintonning zaif tomonini topdik, demoqda. Elektron maktublarga oid munozara shunga umid beradi. Ularga ko'ra, 2016-yil demokratlar uchun qiyin kechadi va hozir saylovda qatnashish uchun eng yaxshi payt", - deydi u.

Ayrimlar Klinton qatorida demokratlardan Vitse-prezident Jo Bayden yoki sobiq vitse-prezident Al Gor ham poygaga qo'shilishi kerak, degan fikrda. Ayni paytda ular bu haqda o'z fikrini aytgani yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG