Breaking News

Sarnayevning sudi oldidan hay'atga a'zolar tanlanayapti


Joxar Sarnayevning sudda chizilgan rasmi
Joxar Sarnayevning sudda chizilgan rasmi

Bostondagi marafon paytida xuruj sodir etganlikda ayblanayotgan Joxar Sarnayev ustidan sud uchun bugundan hay'at a'zolari tanlana boshlaydi.

Sarnayev 30 jinoyatda ayblanmoqda, xususan 2013-yil 15-aprelidagi xurujni uyushtirganlikda, ommaviy qirg'in qurolini ishga solganlikda, uch kishini o'ldirib, 260 dan ziyodiga tan jarohati yetkazganlikda. O'tgan hafta apellyatsiya sudi ayblanuvchi advokatlarining sudni boshqa joyga ko'chirish haqidagi iltimosini rad etdi.

21 yashar Sarnayev ayblovlarni inkor etmoqda. Aybdor deb topilsa, o'limga mahkum etiladi. Chechen millatiga mansub bu yigit xurujlardan uch kun o'tib universitet politsiyachisini otib o'ldirganlikda ham ayblanmoqda.

Ish Boston shahridagi federal sudda ko'riladi. Sud hay'ati uchun 12 a'zo va yana qo'shimcha olti da'vogar salkam 1200 fuqaro ichidan tanlanadi.

Hay'atda xizmat qilish amerikaliklarning fuqarolik burchlaridan. Ular sud jarayonida advokat va prokurorning chiqishlari va dalillari bilan tanishib, o'zaro maslahatlashib hukm chiqaradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG