Alaviylar Turkiyada yashovchi eng ko’p sonli diniy ozchilikni tashkil etadi. Bu guruh a’zolari hukumat yaqinda amalga oshirgan islohotlardan naf ko’rishga umid qilgan edi.
Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an masala o’rganilib, ijobiy hal etilishi mumkinligiga ishora qilgan. Ammo bunga shubhalanuvchilar ko’p. Sunniy aholi masjidda namoz o’qishni inkor etuvchi bu guruh vakillarini musulmon deb tan olishdan bosh tortadi.
Turkiya bosh vaziri tashabbusi bilan ishlangan demokratik islohotlarda alaviylar deyarli tilga olinmaydi. Davlat universitetlaridan biriga alaviylar tarixiy arbobining nomi berilishini hisobga olmaganda.
Siyosatshunos, “Taraf” gazetasi sharhlovchisi Chingiz Aktarning aytishicha, buning ortida diniy sabablar bor.
"Hukumat alaviylikni din deb tan olgisi yo’q. Aksincha, uni dindan chekinish deb bilishadi", - deydi Aktar.
Alaviylar o’zlarini musulmon deb hisoblashadi, ammo dinga umumiy oqimdan o’zgacha sig’inishadi. Masalan, ayollar va erkaklar bir xonada ibodat qilishi mumkin. Shunda ham masjid emas, “jem evi” deya yuritiluvchi maxsus uylarda. Hukumat bunday joylarni ibodatxona emas, ko’proq madaniy markaz deb biladi.
Professor Istar Ko’zoydin Istanbuldagi Dog’ush universitetida din va davlatchilik bo’yicha mutaxassis. Uning aytishicha, hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi alaviylarning diniy yetakchilari bilan muloqotga kirib, katta ish qildi. Ammo, deydi ekspert, masala bundan nariga siljimasligi mumkin.
"Hukumat alaviylarni rang-barang turk madaniyatidagi jilolardan biri deb biladi, ammo alaviylikni islomning oqimlaridan biri sifatida tan olishni istamaydi. Qachonki shunday bo’lsa, o’shandagina tomonlar bir-birini anglay boshlaydi", - deydi olima.
Alaviy yetakchilar ularning talablari inobatga olinmagani uchun hukumatni qattiq tanqid qilib kelgan. Bosh vazir Erdog’anning Suriya bo’yicha izohlari ham Turkiyadagi alaviy jamoasi tomonidan salbiy qarshilangan.
Xubyor Sulton alaviy madaniy uyushmasi rahbari Ali Kenano’g’lining aytishicha, Erdog’an har safar Suriya haqida gapirib, prezident Bashar Assadni tilga olganida uning alaviy ekanini eslatadi.
"Bu esa turklar ongida Suriyada sunniylar qatliomiga aynan alaviylar aloqador degan tushunchaning o’rnashishiga olib kelmoqda. Bosh vazirni tinglayotganlarning aksariyati esa", deydi Kenano’g’li, "sunniylardir".
So’nggi oylarda Turkiyaning bir necha hududida alaviylar namoyish qilib, xavfsizlik kuchlari bilan to’qnashgan. Hukumatdagi ba’zi rasmiylar “jem evi”ni ibodatxona sifatida tan olishga tayyor ekanini bildirgan. Biroq “Adolat va taraqqiyot” partiyasining parlamentdagi a’zolari bunga qarshi.
“Milliyet” gazetasi muxbiri Qadri Gurselning aytishicha, mamlakatda mazhablararo ziddiyatlar kuchaymoqda.
"Masala jiddiy tus olmoqda, chunki Turkiyaning Hatay viloyati, poytaxt Anqara va Istanbulda alaviylar noroziligi, hukumatga qarshiligi sezilmoqda. Alaviylar masalasi ayni damda Turkiyada ijtimoiy tartibga rahna solmoqda", - deydi Gursel.
Jamoa rahbarlari safdoshlarini kelasi oy Istanbulda ommaviy namoyishlarga da’vat etgan, hukumat esa alaviylar huquqlarini yaxshilash masalasini ko’rib chiqishga va’da bermoqda.
Kuzatuvchilar Turkiya bir yarim yildan keyin bo’ladigan parlament saylovlari oldidan siyosiy kampaniya davriga kirayotgani haqida ogohlantirmoqda. Bu esa, deydi ular, Erdog’an saylovchilarni asabiylashtirmaslik uchun alaviylar bilan bog’liq barcha islohotlarni chetga surib qo’yadi degani.