Turkiyaning, asosan, kurdlar yashovchi janubi-sharqiy hududida armanlarning ko’hna cherkovi qayta ochildi. U ilgari bu yerda ko’pchilik bo’lgan etnik armanlar madaniy o’zligini qayta tiklash maqsadiga xizmat qiladi. Birinchi Jahon urushi davrida Usmoniylar imperiyasi qo’lida ko’plab armanlar o’z yurtidan quvilgani, o’ldirilgani aytiladi.
Armanlarning Avliyo Giragos pravoslav cherkovi Diyorbakir shahrining qadimiy Sur nohiyasida joylashgan. U uzoq yillar qarovsiz qolgan edi. Ikki yil avval cherkov to’la ta’mirdan chiqarilib, qayta foydalanishga topshirildi.
Sentabr oyida cherkovga nomi berilgan avliyo kuni nishonlandi, yuzlab armanlar ishtirok etdi. Cherkov xodimi Armin Demirjanning aytishicha, ibodatxona mintaqa armanlari madaniyatining muhim ramziga aylangan.
“Men uchun uning mislsiz qadri bor. U bizning tariximiz, madaniyatimiz hamda merosimiz. U ajdodlarimizdan bizga qolgan hadya. Bir arman sifatida o’zimni shu yerga mansub deb bilaman. Meni kurd sifatida tarbiyalashgan, arman madaniyati haqida ilgari hech narsa bilmas edim”, - deydi u.
Demirjanning bobolari ham Birinchi Jahon urushi davrida ro’y bergan qatliom qurboni bo’lgan. Uning otasi bolaligida mahalliy aholi tomonidan asrab olinib, musulmon sifatida tarbiyalangan.
Ko’plab armanlar o’z tarixini o’rganib, nasorolikka qayta kirmoqda.Cherkovga tez-tez kelib turadigan Malika Gunal ham shundaylardan biri. Uzoq yillar o’z e’tiqodimni yashirib yurdim; faqat cherkov qayta ochilgach, qarashlarimni oshkor etishga qaror qildim, deydi u.
“Men bu yerga har hafta uch yoki to’rt marta kelib, sham yoqaman. Men uchun bu cherkovni va nasorolikni topish Rojdestvo mo’jizasi bo’ldi. Hatto ilgari ham men bu yerga kelib turganman. Hozir to’la ta’mirdan chiqarilgach, bu joy men uchun aziz maskanga aylangan”, - deydi Malika Gunal.
Gunalning otasi kurd siyosiy faollaridan edi. 90-yillarda turk hukumati bilan bo’lib o’tgan janglardan birida halok bo’lgan. Gunalning aytishicha, kurdlarning o’z huquqlari uchun kurashi armanlarga ham o’zliklarini topish imkoniyatini berdi.
“Turklarning o’zlik uchun kurashi bizga ham eshiklarni ochdi. Ilgari bobolarimizning armancha ismini faqat uylarimizdagina tilga olardik. Yoshligimizdan kimligimizni yashirishga o’rganganmiz”, - deydi Gunal.
Shahar meri Abdulloh Demirtash cherkov ta’miri uchun 600 ming dollar ajratdi. Bu aholi orasidagi rang-baranglikni qo’llab-quvvatlash siyosatining bir qismi, deydi Demirtash.
“Ilgari davlat bu joylarni faqat turk musulmonlaridan iborat hududga aylantirish siyosatini qo’llagan. Nafaqat kurdlar, balki o’zga din va tilga ega boshqa aholi qatlamlari ham tazyiq ostiga olingan. Biz ularning barchasi birga yashay olishini ko’rsatmoqchimiz”, - deydi shahar meri.
Ammo mintaqaning kurd va armanlari o’rtasida ham tarixiy ixtilof mavjud. Armanlarning ommaviy qatliomida kurdlar ham ishtirok etgan.
Armaniston taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, Birinchi Jahon urushi davrida Usmoniylar hukumati tomonidan 1,5 million arman o’ldirilgan. Turkiya esa armanlarning fuqarolik urushi qurboni bo’lgani va raqamlar haddan ziyod bo’rttirilganini aytadi. Anqara armanlarga qarshi genotsid bo’lganini inkor etadi.
Avliyo Giragos cherkovida muzey ham tashkil etilgan. Bu yerda Turkiyada yashagan arman oilalarining turli suratlari bor. Muzeyga kelgan kurd millati vakili Baran Doganning aytishicha, bu joy tarixni o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
“Usmoniylar davrida kurdlar tomonidan armanlarga qarshi nimalar qilinganini yaxshi bilamiz. Yaqin do’stim arman ekanini bilmagan edim. O’zi ham bu haqda yaqinda bildi. Men cherkovga qilgan tashrifimni armanlardan kechirim so’rash ramzi sifatida ko’raman. Albatta, bu ular boshdan kechirgan ko’rguliklarning o’rnini qoplay olmaydi”, - deydi Dogan.
2015-yilgacha Avliyo Giragos cherkoviga doimiy rohib tayinlanishi kutilmoqda. Bu shaharning bir paytlar rang-barang bo’lgan jamiyatini qayta tiklash yo’lida tashlangan yana bir qadam bo’ladi.