Breaking News

12 iyunda Turkiyada parlament saylovlari


“Jumhuriyat Xalq” oppozitsion partiyasi "Adolat va Taraqqiyot" partiyasini hokimiyatdan tushirishga bel bog'lagan. Lekin ommaviy so'rovlar ko'pchilik amaldagi partiya tomonda ekanini ko'rsatmoqda.
“Jumhuriyat Xalq” oppozitsion partiyasi "Adolat va Taraqqiyot" partiyasini hokimiyatdan tushirishga bel bog'lagan. Lekin ommaviy so'rovlar ko'pchilik amaldagi partiya tomonda ekanini ko'rsatmoqda.

Turkiyada 12 iyunda o’tadigan parlament saylovlari uchun siyosiy kampaniyalar avjida.

Hokimiyatdagi “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi va muxolifat orasida keskin kurash ketmoqda.

“Jumhuriyat Xalq” oppozitsion partiyasi rahbari Kamol Qilichdoro’g’lu kuni kecha mamlakat sharqidagi kurd shahri Diyarbakirda omma oldida so’zlab, uning harakati g’olib chiqsa, xalq va zamon talabiga mos siyosat olib borishni va’da qilgan.

“Jumhuriyat Xalq” oppozitsion partiyasi rahbari Kamol Qilichdoro’g’lu
“Jumhuriyat Xalq” oppozitsion partiyasi rahbari Kamol Qilichdoro’g’lu

“O’zgardik.. Hozir biz yangi “Jumhuriyat Xalq partiyasimiz”. Yanada erkin, yanada demokratik Turkiya va barcha fuqarolar tinchligi yo’lida xizmat qilamiz”,- deydi Kamol Qilichdoro’g’lu.

Bu partiyaning oldingi rahbari Deniz Baykal avvalgi saylovlar oldidan mamlakat sharqiga bormagan, hatto kurdlar masalasiga diqqat qaratmagan ham edi. Ammo “Jumhuriyat Xalq” partiyasining yangi rahbari kurdlar manfaati haqida gapirmoqda. Ularning jamiyat boshqaruvidagi rolini oshirish kerak va kurd tilida ta’lim berishni keng yo’lga qo’yish kerak deb chiqmoqda.

12 iyunda Turkiyada parlament saylovlari
12 iyunda Turkiyada parlament saylovlari

Siyosiy tahlilchi Chingiz Aktar esa “Jumhuriyat Xalq” partiyasidagi o’zgarishlarga shubha bilan qaraydi, lekin bu harakat o’zgarib borayotganini tan oladi.

“Bu partiya a’zolari kurd-turk nizosini qanday hal etish borasida bir fikrda emas. Ular kurdlarga nisbatan yondashuvni o’zgartirishga harakat qilmoqda. Hokimiyatdagi “Adolat va Taraqiyot” partiyasi xato siyosat yuritdi”,- deydi Chingiz Aktar.

Zamonaviy Turkiyaning birinchi rahbari Mustafo Kamol Otaturk asos solgan “Jumhuriyat Xalq” partiyasi uzoq yillar davomida “davlat partiyasi” deb sanalar edi. Bugun bu partiya demokratik islohotlarni kengaytirish, kurdlar masalasini hal etish va adliya tizimini yangilash xususida o’z takliflari bilan chiqmoqda.

Turkiya Bosh vaziri Rajap Toyyip Erdog'an va uning partiyasi islohotlar avjida va Turkiya tezlikda taraqqiy etmoqda deya jar solmoqda
Turkiya Bosh vaziri Rajap Toyyip Erdog'an va uning partiyasi islohotlar avjida va Turkiya tezlikda taraqqiy etmoqda deya jar solmoqda

“Adolat va Taraqqiyot” partiyasi rahbarlari nazarida esa 2002 yildan buyon olib borilgan siyosat samarasida Turkiya hozirda jahondagi nufuzli mamlakatlardan biri va jamiyat har tomonlama isloh qilinmoqda.

Bu partiya a’zosi, Yevropa masalalari bo’yicha bosh muzokarachi va davlat vaziri Egemen Bag’ish, “Amerika Ovozi” Turk xizmatiga bergan intervyusida shuni ta’kidlaydiki, hozirgi siyosat davom etsa, 2023 yilga borib Turkiya dunyodagi eng yirik 10 mamlakat qatoriga qo’shiladi.

“Eksport hajmini yiliga 500 milliard dollarga oshirishga shaymiz”, - deydi u.

Egemen Bag’ishning aytishicha, adliya tizimini yaxshilash va kurdlarni teng huquqli fuqarolarga aylantirish yo’lida ildam qadamlar tashlanmoqda.

Diyorbakirda asosan kurdlar yashaydi
Diyorbakirda asosan kurdlar yashaydi

“Turkiyada hech bir payt hozirgiday oshkoralik davri bo’lmagan. Avvallari ayrim muammolar umuman tilga olinmas edi, chunki qo’rqinch hukmron edi. Qariyb 10 yil ilgari fuqarolar “kurdman” deyishdan tortinar edi. Hozir davlat televideniyesida 24 soat kurdcha programmalar ketayapti. Universitatlarda kurd tili bo’yicha bo’limlar ochilgan”, - deydi u.

Muammolar talay, ularni hal etish uchun harakat ketmoqda, deydi “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi vakili.

Saylovoldi so’rovlarida, omma orasida ko’pchilik “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi tarafdori ekanini bildirmoqda. Muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi esa ikkinchi o’rinda ketmoqda.

XS
SM
MD
LG