Breaking News

Referendum oldidan Erdog'an kurdlar ovozini so'ramoqda


Referendum 16-aprelda. 63 yoshli Erdog’an 2014-yildan beri prezident. 2003-2014 yillar orasida esa bosh vazir edi.
Referendum 16-aprelda. 63 yoshli Erdog’an 2014-yildan beri prezident. 2003-2014 yillar orasida esa bosh vazir edi.

Turkiyada referendum yaqinlashmoqda. Ikki haftadan keyin fuqarolar prezident vakolatlari yuzasidan ovoz beradi. Prezident Rajab Toyyip Erdog’anning e’tibori kurdlarda.

Erdog’an deydiki, mamlakat hayot-mamot masalasi bilan yuzlashmoqda. Davlat rahbari bugun har qachongidan ham qudratliroq bo’lishi lozim. Xalq bunga izn berishi kerak, deydi u. Kurdlar katta sonni tashkil etuvchi Diyorbakir shahrida saylovchilar oldida so’zlar ekan, u fuqarolardan prezidentga ishonishni so’radi.

Kurdlar esa hukumatdan muxtoriyat talab qilib keladi. Kurdiston Ishchilar Partiyasi, qisqacha PKK deya tanilgan siyosiy harakat Anqara nazarida terrorist tashkilot. O’tgan yili Diyorbakirda xavfsizlik kuchlari va PKK orasidagi kechgan janglar oqibatida shaharning qadimiy qismi vayron bo’lgan.

Erdog’an PKK bilan tinchlik muzokaralarini 2015-yilda bekor qilgan. Yuzlab kurd faollar va muxolifatchilar PKKga a’zolikda ayblanib, qamoqda. PKK o’z maqsadiga qon to’kish orqali erishmoqchi va u bilan muloqot qilinmaydi, deydi prezident.

PKK tarafdorlari tinchlik haqida vaysaydi, deydi Erdog’an, lekin qo’lida qurol. Tinchlik va demokratiyani davlat himoya qiladi va ta’minlaydi, chunki tuzum xalqqa sodiq, deydi prezident.

Diyorbakir, Turkiya
Diyorbakir, Turkiya

Erdog’an 14 yil oldin hokimiyatga kelganida kurdlar bilan murosa yo’lini tanlagan edi, ularga o’shanda katta va’dalar bergan. Kurd saylovchilarning yarmi unga ovoz bergan. Kurdlar Turkiyada saylovchilarning 20 foizga yaqinini tashkil etadi.

Bugun esa terrorizmga qarshi kurash uning uchun kurdlarga qarshi urushdir. PKKni yo’q qilishga bel bog’lagan.

“Bir xalq, bir bayroq va bir davlat” – prezidentning shiori.

Siyosiy tahlilchi Sinan Ulgen izohicha, Erdog’an bugun millatchiga aylangan hisob. Kurdlarning ovozini so’ramoqda lekin ularga hech qanday kelajak va’da qilayotgani yo’q. Menga bo’yin eg, demoqda; kurdlar unga umuman ishonmaydi, deydi ekspert.

Prezident kurdlarga murojaat qilayotgani uning millatchilardan uzoqlashayotganidan darak, deydi boshqa tahlilchilar.

Prezident Rajab Toyyip Erdog'an
Prezident Rajab Toyyip Erdog'an

Millatchilarning yetakchilari Erdog’an tomonda, lekin ular bu harakatning yarmini aks ettiradi, qolganlar qarshi.

Atilla Yeshilada, turk siyosatdoni, nazarida Erdog’an hozirga kelib tarafdorlarining katta qismidan ayrilgan.

“Millatchilarning 50 foizi u tomonda. Qolgani yo’q deydi. Kurdlar esa millatchilarga qarshi. MHP, millatchilar partiyasi, tarqoqlashsa, AKP, Erdog’anning partiyasi yakkalanib qoladi”.

Referendum 16-aprelda. 63 yoshli Erdog’an 2014-yildan beri prezident. 2003-2014 yillar orasida esa bosh vazir edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG