Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish sa’y-harakatlari natija bermasa, Shanxay Hamkorlik Tashkilotini muqobil variant deb ko’radi. Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an yaqinda bergan intervyusida shuni bayon qildi.
Yevropa yirik davlatlari Turkiyaning blokka kirishiga qarshi ekan, jarayon to’xtab qolgan desa ham bo’ladi. O’tgan hafta televideniye orqali qilgan chiqishida Erdog’an kutilmagan bir gapni aytdi.
“Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarimiz salbiy tomonga qarab ketadigan bo’lsa, 75 million xalqning bosh vaziri sifatida boshqa bir yo’lni tanlashga haqliman”, - deydi Rajab Toyib Erdog’an.
“Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Yevropa Ittifoqiga qaraganda yaxshiroq, qudratliroq. Unga a’zo davlatlar bilan qarash-qadriyatlarimiz ham bir”.
1996-yilda tuzilgan Shanxay blokiga Rossiya, Xitoy, Tojikiston, Qozog’iston va Qirg’iziston a’zo. 2001-yilda O’zbekiston ham unga qo’shilgan. Bu mamlakatlar asosan mudofaa, xavfsizlik va savdo sohalarida yaqin hamkorlik qiladi. Turkiyaga o’tgan yili “hamkor davlat” degan maqom berilgan.
Erdog’anning tashqi siyosatda keskin burilishdan darak berayotgan bayonotlarini Turkiya muxolifati tanqid qilib chiqdi. Shanxay a’zolarining inson huquqlari va demokratiya bilan umuman ishi yo’q, deydi faollar.
Turkiyada o’tkazilgan ommaviy so’rovlar natijasiga qaraganda, hozir aholining atigi 30 foizi Yevropaga qo’shilishni ma’qul ko’radi. Bir paytlar bu raqam 70 foizni tashkil etardi.
So’rovni olib borgan “Edam” tadqiqot markazi rahbari Sinan Ulgen so’zlariga ko’ra, hukumat rahbari omma kayfiyatidan xabardor.
“Bosh vazirning bayonotlari qanchalik munozarali bo’lmasin, jamoatchilik unga qarshi chiqmasligini yaxshi biladi. Chunki hozir Turkiyada ko’pchilik Yevropa Ittifoqi bilan a’zolik muzokaralarini to’xtatish tarafdori”, - deydi Ulgen.
Biroq Shanxay tashkiloti faoliyatining negizida xavfsizlik manfaatlari yotar ekan, tahlilchilar fikricha Turkiyaning NATOga a’zoligi savolga tutilishi va hatto alyans uni safidan chiqarishi mumkin.
Qo’shma Shtatlar bu masala yuzasidan hali aniq bir munosabat bildirganicha yo’q. Davlat departamenti rasmiysi Viktoriya Nuland Turkiya NATO a’zosi ekanini eslatib, jarayon yaqindan kuzatuvda, dedi.
Ismini oshkor etmagan turk diplomatining “Amerika Ovozi”ga bildirishicha esa bu yerda hech qanday ziddiyatga o’rin yo’q, uning mamlakati ko’p qirrali siyosat olib borayapti.
Ayrim sharhlovchilar nazarida bosh vazirning so’zlari diplomatik strategiyadan boshqa narsa emas.
“Maqsad Yevropa Ittifoqiga bosim o’tkazish, Turkiya oldida alternativ imkoniyatlar borligini ko’rsatib qo’yishdir ehtimol. Tashqi siyosatda fundamental o’zgarishlar haqida gap ketayotgan bo’lsa, muvozanat buziladi. Uzoq muddatda bu Turkiya iqtisodiyotiga zarba bo’ladi”, - deydi “Taraf” gazetasi jurnalisti Semih Ildiz.
Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun 1987-yilda ariza topshirgan, muzokaralar rasman 2005-yilda boshlangan. Joriy yilda Bryussel va Anqara jarayonni jonlantirishi kutilmoqda.
Kelasi oy Turkiya bosh vaziri Yevropa bo’ylab safarga otlanadi, Germaniya va Fransiya rahbarlari esa Anqaraga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mazkur uchrashuvlar natijasi Turkiya qaysi yo’ldan borishini hal qilsa ajabmas.
“Yevropa rahbarlari bu gal ham Turkiyaga xayrixohlik ko’rsatmasa, Erdog’anning Shanxay tashkilotiga qo’shilish haqidagi bayonotlarini jiddiy qabul qilishga to’g’ri keladi”, - deydi tahlilchi Sinan Ulgen.
Sharhlovchilarga ko’ra, a’zolik muzokaralari oldinga siljigan taqdirda Turkiyada omma fikri ham tezda o’zgarishini kutish mumkin. Iqtisodiyoti jadal o’sayotgan Turkiyaning o’ziga ishonchi baland va mamlakat oldida imkoniyatlar mo’l ekanini rahbariyat ko’rsatib qo’ymoqchi, deydi ular.

Hozir Turkiyada ko’pchilik Yevropa Ittifoqi bilan a’zolik muzokaralarini to’xtatish tarafdori.