Breaking News

Turkiya migrantlarning Yevropaga o'tishiga to'sqinlik qilsa, siylanishi mumkin


Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto'g'li Germaniya kansleri Angela Merkel bilan suhbatlashmoqda, Istanbul, 18-oktabr, 2015-yil
Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto'g'li Germaniya kansleri Angela Merkel bilan suhbatlashmoqda, Istanbul, 18-oktabr, 2015-yil

Germaniya kansleri Angela Merkel bugun Turkiyada rasmiylar bilan uchrashib, Yevropaga oqib kelayotgan migrantlar taqdiri xususida gaplashmoqda. Merkel Bosh vazir Ahmat Dovuto'g'li va Prezident Rajab Toyib Erdog'an bilan ko'rishgan.

Dovuto'g'lining uchrashuvdan so'ng matbuotga bildirishicha, Turkiya noqonuniy migratsiyaning oldini olishda Germaniya bilan hamkorlikka tayyor, biroq buning uchun avval Suriya mojarosi hal etilishi darkor.

"Suriya armiyasi va "Islomiy davlat" jangarilarining Halab yaqinidagi olishuvi qochqinlarning yangi to'lqiniga turtki berishi mumkin", - deydi Turkiya bosh vaziri.

Anqara migrantlarning Yevropa tomon oqimini cheklashda yordam bersa, Yevropa Ittifoqi unga moliyaviy ko'mak taklif etmoqda hamda ayrim masalalarda yon berishga tayyor. Xususan, Turkiyada boshpana olgan qochqinlar uchun uch millliard dollar ajratiladi, turk fuqarolarining Yevropaga viza olishi osonlashtiriladi, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lishiga qaratilgan muzokaralar jadallashtiriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG