Breaking News

Turkiya kurdlari orasida diniy va dunyoviy tuzum tarafdorlari ziddiyatga kirishmoqda


Kurd dindorlari millatchilar bilan ziddiyatga kirishmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

Turkiyada diniy guruhlar faoliyati kuchayib borar ekan, yaqinda, asosan, kurdlar yashovchi Diyorbakir shahrida payg'ambar Muhammadning tavallud kunini nishonlash uchun 100 mingdan ortiq odam yig'ildi. Bu yig'in dunyoviy tuzum tarafdori bo'lgan millatchi kurd harakati bilan mavjud ziddiyatlarni o'rtaga chiqardi.

Yig'ilganlar "Allohu akbar" va "Islomiy Kurdiston" shiorlarini aytib marsh qildi.

Ayrimlari Diyorbakirni islom markazi qilish kerak, dedi.

Yig'inda yetakchi kurd ulamolari hamda Yaqin Sharqdan kelgan boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Mintaqaga o'tmishdagi nufuzini qaytaramiz, dedi so'zlaganlar.

"Xudo xohlasa, Diyorbakir islom markazi bo'ladi. Shuning uchun bu juda muhim shahar", - dedi ishtirokchilardan biri.

Hukumat kuchlari shaharning kurd isyonchilari nazoratida bo'lgan hududlarini qayta egallagach, bu yerda islomiy jamoatlar faoliyati kuchaydi.

Bu guruhlar nazarida din zo'ravonlikka yakun yasash yo'lini ko'rsatadi.

"Payg'ambarimizning tug'ilgan kuni uchun birlashdik.U bizga tinchlik va birodarlikni o'rgatgan. Shuning uchun biz, shu mintaqaning odamlari uni o'zimizga namuna qilib olsak, uning hayotini yashasak, bu urushlar, janglar va to'polonlar davom etmaydi", - dedi tadbir tashkilotchisi Jemil Jahit Unsal.

Islomiy guruhlarning faollashuvi ayrim kurdlarni xavotirga solmoqda. Millatchilar ayollar tengligining ta'minlanganini eng katta muvaffaqiyatlaridan deb ataydi.

Hukumat va ayrim dindorlar kurdlar manfaatini himoya qiluvchi Xalq demokratik partiyasini dinga qarshi siyosat yuritayotganlikda ayblaydi. Partiya esa bu ayblovni inkor qiladi.

"Har bir odam diniga o'zi xohlagan shaklda e'tiqod qila oladi. Partiya har doim siyosat va dinning ayri bo'lishini xohlagan va dinning siyosat quroli bo'lishiga qarshi", - deydi Sur shahri meri Aziza Deger Qutli.

Shahardan bir necha soatlik yo'l narida Suriya mojarosi: "Islomiy davlat"ga qarshi kurash ketmoqda. Urishayotganlarning har ikki tomonida Turkiya kurdlari bor.

"Barcha jamiyatlarda tafovutlar ixtilofga aylanishi ehtimoli bor. Shu xavotir borligini bilaman. Ammo Turkiyaning demokratik institutlari bu guruhlarning bir-biri bilan nizoga kirishiga yo'l qo'ymaydi", - deydi hukumatdagi partiya vakili Muhammad Akar.

18 oy oldin islomiy tuzum tarafdorlari va kurd millatchilari Diyorbakirda qonli to'qnashuvga kirishib, 50 ga yaqin odamning umriga zomin bo'lgan edi. Ular Suriyani deb urishdi.

Payg'ambar tavalludi nishonlangan yig'inda halok bo'lganlarning suratlari shahidlar sifatida osib qo'yildi.

O'lganlarni hech bir tomon unutgani yo'q. Bu jamiyatni yanada bo'lishga xizmat qilmoqda, xolos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG