Turkiya rasmiylari payshanba kungi portlash kimning ishi ekanini tergov qilmoqda. Hujum olti politsiyachining boshini yedi. Kamida 23 kishi jarohatlandi.
Xuruj aholisi asosan kurdlardan iborat Diyorbakir shahrida ro'y berdi.
Turkiya matbuoti xabariga ko'ra, politsiyachilar ketayotgan avtobus yonida portlash sodir etilgan.
Mana bu guvoh ayolning aytishicha, birdan bino gumburlab oynalar singan. Avvaliga portlash ekanini bilmadim, deydi u. Xuruj natijasida uning singlisi jarohatlangan.
Hujum kimning ishi ekani hali noma'lum.