Turkiya sohillari yaqinida migrantlar qayig'i suvga g'arq bo'lib, 40 kishi, jumladan, besh bola nobud bo'lgan.
Turkiya matbuotining yoritishicha, 75 kishi qutqarib olindi. Yana o'nlab odam qidirilmoqda.
Qayiqda Yevropaga yetib olishga urinayotgan suriyalik va afg'on qochqinlari bo'lgani ma'lum.
Qishning ayozi Yaqin Sharq va Afrikadagi urush va qashshoqlikdan bosh olib ketayotgan qochqinlar oqimini to'xtatgani yo'q, deydi mutaxassislar.