Breaking News

Gretsiyadan qochoqlarni Turkiyaga qaytarish boshlandi


Qochoqlar Gretsiyadan Turkiyaga qaytarilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:10 0:00

Qochoqlar masalasida Anqara va Yevropa Ittifoqi o’rtasida kelishuv imzolangandan beri Gretsiyadagi muhojirlarning bir qismi Turkiyaga qaytarilmoqda. Ammo mahalliy aholi orasida muhojirlar sonining yanada ortishidan xavotir olayotganlar bor.

Gretsiyaning Lesbos oroli va Turkiyani bo’lib turuvchi Egey dengizi tinch ko’ringani bilan aslida unday emas.

Bu yerda yuzlab odam halok bo’ldi. Dengiz safaridan omon qolganlar esa yana ortga qaytarilmoqda.

Gretsiyaga borganlarning deporatsiya qilinayotgani Turkiyadan Yevropa sari otlanayotganlar sonini kamaytirmoqda.

“Bu qochoqlarning bizga zarari yo’q. O’tgan yili mening biznesim bu yilgidan ikki barobar bo’ldi. Qochoqlar bu yerdaligida daromadim yaxshiroq edi”, - deydi mahalliy do’kondorlardan biri.

Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan kelishuv ortidan turklar nihoyat Yevropaga vizasiz sayohat qilish imkoniyatini qo’lga kiritish umidida.

Ammo shu va’dani deb shuncha muhojirni qabul qilish to’g’rimidi, deya hukumat qarorini savolga tutayotganlar ham bor.

“Bu narsa qachon amalga oshishini bilmaymiz. Qochoqlar qayerda yashaydi, agar Turkiyada ularga joy berilsa, bu joylar xavfsiz bo’ladimi, bu ham ma’lum emas”, - deydi fuqarolardan biri.

Hukumat Gretsiyadan qabul qilib olayotgan muhojirlarning ertangi taqdiri nima kechishi boshqa muhojirlarni ham xavotirga solgan.

“Turkiya xalqi bu odamlarning kelasi 10 yillar ichida o’z mamlakatlariga qaytmasligini tushunyapti. Balki ular Turkiya fuqarolariga aylanar”, - deydi Jansu Demirel ismli tadqiqotchi.

Izmir portidagi qabristonda esa 100 dan ortiq muhojirning jasadi dafn uchun hozirlanmoqda. Gretsiyaga borish niyatida yo’lga chiqib dengizda g’arq bo’lgan bu qochoqlar orasida go’daklar ham bor. Ularning nomini hech kim bilmaydi. Qabrlari faqat raqamlar bilan belgilangan.

Kelishuv doirasida Turkiya tiriklarni ham, o’liklarni ham qabul qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG