Breaking News

Yevropa-Turkiya kelishuvi qochqinlarni qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin


Afinada qochqinlar ovqat tarqatilishini kutmoqda. 17-mart 2016-yil
Afinada qochqinlar ovqat tarqatilishini kutmoqda. 17-mart 2016-yil

Yaqin Sharq va Afrikadan oqib kelayotgan qochqinlar va muhojirlarni to’xtatishga urinayotgan Yevropa Ittifoqi va Turkiya juma kuni murosaga erishgan edi.

Yevropa-Turkiya kelishuvida Gretsiyadagi qochoqlar haqida gap yo'q
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Biroq Gretsiyadagi qochoqlar lagerlarida joylashgan minglab odamlar taqdiri hozircha aniq emas. Muhojirlar qantovini cheklovchi choralar kuchga kirishidan oldin qochoqlar yanada ko’paygan.

Erta tongda Afinaga kema kirib kelmoqda. Unda Yevropada qo'nim topaman deya umidvor odamlar ko’p.

Aksariyat G’arbiy Yevropaga borishni orzu qiladi. Biroq shimolda chegaralar yopiq, demak bu odamlar kechikkan bo’lishi mumkin.

Muhammad Suriyada advokat bo’lib ishlagan. Urushni deb onasi va singlisi bilan qochishga majbur bo’ldi. Sayohat uchun 6000 dollar to’ladi. Hozir na puli, na uyi, na vatani bor.

“Nihoyatda og’ir ahvolga tushib qoldik. Endi nima qilishni bilmayman. Makedoniya chegaralarni yopishidan xavotirdaman”, - deydi Muhammad.

Juma kuni Yevropa Ittifoqi va Turkiya o’rtasida erishilgan kelishuvda Gretsiyadagi 46 ming qochqin taqdiri haqida aniq biror narsa deyilmagan.

Yangi kelganlarning portda qolishi mumkin emas. Ular avtobuslarda Afina atrofidagi qochqinlar lagerlariga yetkazilib, o’sha yerda joylashtirilyapti.

Afg’onistonda AQSh harbiylari bilan hamkorlik qilgan Faridun toliblar tahdidlari sababli vatanidan bosh olib chiqib ketishga majbur bo’lgan.

“Bu yerdagi sharoitni yaxshi bilaman. U yerda yashash xavfli bo’lmaganida hech qachon vatanimdan ketmasdim”, - deydi u.

Qochqinlar orasida Gretsiyada qolishni istaganlar kam. Afinada ular uchun qulay shart-sharoit yo’q. Hozircha ko’ngillilar yordamlashyapti. Ammo sarson-sargardon bo’lgan bu vatangadolar uchun tezda yangi boshana topmasa bo’lmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG