Turkiya o’n minglab suriyalik qochqinlarni chegara hududdan ko’chirishga kirishgan. BMT rasmiylari va maxsus elchi, taniqli aktrisa Anjelina Joli yaqinda qochqinlar lagerini ko’zdan kechirdi.
Kilis lageri Turkiyaning Suriya bilan chegarasida joylashgan bo’lib, unda 12 ming qochqin jon saqlaydi.
Anjelina Jolining lagerga tashrifi xalqaro matbuotning suriyalik qochqinlar taqdiriga diqqatini yana tortdi. Ammo ayrimlar nazarida bu quruq diqqat, xolos.
To’rt bolaning otasi Abu Umarning aytishicha, BMTdan ko’p vakillar lagerga qatnadi, ammo hali biror foyda bo’lgani yo’q.
BMTning Qochqinlar bo’yicha agentligi Oliy komissari Antonio Guterres xalqaro hamjamiyatni yordamga da’vat etdi.
“Turkiya, Livan, Iroq, Iordaniya qo’ldan kelgancha harakat qilmoqda. Bu davlatlar ko’plab suriyaliklarni bag’riga olgan. Boshqa davlatlar ham ularga ko’mak berishi kerak, deb hisoblayman", - deydi Guterres.
Turkiya-Suriya chegarasida 80 ming odam 10 lagerda yashaydi. Yana 30-40 ming suriyalik qochqin lagerlar tashqarisida, turkiyalik qarindoshlarinikida yoki ijara hisobiga turadi.
Turkiya hukumati ularni lagerga qaytarishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga lagerlarni ham chegaradan uzoqlashtirishmoqchi.
Bu davlat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Saljuk Unalning shikoyat qilishicha, Turkiya va Iordaniya tashqaridan yetarlicha yordam olmayapti.
"Shunga qaramay qochqinlarni haydaganimiz yo’q. Boshqa viloyatlarimiz ham ularni qabul qilib, ayrim viloyatlar og’irini yengil qiladi degan umiddamiz", - deydi Unal.
Anqara masalani avvaliga mustaqil ravishda, chetdan yordam olmay hal qilmoqchi bo’ldi, deydi londonlik tahlilchi Katerina Dalakura.
"Ammo so’ng Turkiya bu ishni yolg’iz o’zi eplay olmasligini tushundi", - deydi ekspert.
Suriya shimoli-sharqi asosan kurdlar nazoratiga o’tar ekan, Dalakuraning aytishicha, mojaro Turkiyaga ham o’tmoqda.
"Damashq boshqaruv tizginini qo’ldan chiqargach, Turkiyadagi kurdlar ham jonlandi. Ular yashaydigan nuqtalarda zo’ravonliklar avj olmoqda", - deydi tahlilchi.
Bu o’rtada suriyaliklar uylarini tashlab, mamlakatni tark etishda davom etmoqda. BMT hisobiga ko’ra, shu kungacha chorak million odam Suriyani tashlab chiqqan. Tahlilchilar fikricha, qochqinlar ko’lami xalqaro hamjamiyatni uzoq kuttirmaslikka majburlaydi.
Biroq chetdan Suriyaga hali beri qo’shin kiritilmas ekan, vatanidan judo bo’lgan aholi yaqin o’rtada qaytishi gumon.