Breaking News

Turkiya qonunchilari Gulenni ekstraditsiya qilish talabi bilan AQShga keldi


Turkiyaning bir guruh qonunchilari Vashingtonda AQSh rasmiylari bilan uchrashdi, 1-avgust, 2016-yil.
Turkiyaning bir guruh qonunchilari Vashingtonda AQSh rasmiylari bilan uchrashdi, 1-avgust, 2016-yil.

Vashingtonga tashrif buyurgan turkiyalik qonunchilar Obama ma’muriyatidan Fathulla Gulenni Turkiyaga ekstraditsiya qilishni so’ramoqda. Anqara 1999-yildan beri AQShda yashayotgan sobiq imomni davlat to’ntarishiga harakatda ayblamoqda. Turk rasmiylariga ko’ra, agar Vashington Gulenni Anqaraga topshirmasa, bundan ikki mamlakat munosabatlari zarar ko’rishi mumkin.

“Hokimiyatni qo’lga kiritish maqsadida qonli fitnaga mas’ul odamning Turkiyaga ittifoqchi mamlakatda qolishini va hibsga olinmasligini qabul qilmaymiz”, - deydi Turkiya parlamentining Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Taha O’zxan.

Qonunchilar ekstraditsiya so'rovi ko'rib chiqilguncha Gulenning hibsda ushlab turilishini so'ragan. Ular Gulenning Amerikani tark etishi mumkinligiga ham ishora qilmoqda.

Turk noiblari AQSh Adliya vazirligida bo’lib, masalaning yuridik tomonlari, Turkiya AQShga taqdim etgan dalillar xususida gaplashgan. Ularga ko’ra, agar Anqaraning iltimosi qondirilmasa, AQSh-Turkiya munosabatlari sovuqlashib, terrorga qarshi hamkorlikka putur yetishi mumkin.

Amerika rasmiylariga ko’ra, Adliya vazirligi Turkiya yo’llagan hujjatlarni o’rganmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG