Breaking News

Rossiya-G’arb orasida keskinlik Afg’oniston bo’yicha hamkorlikka tahdid solmoqda


Afg’onistonda harbiy operatsiyalar yakunlanmoqda. Xalqaro qo’shinlar bu davlatdan harbiy texnika va anjomlarini olib chiqmoqda. Tranzit yo’llaridan biri Markaziy Osiyo va Rossiya hududidan o’tadi.
Ukraina mojarosining xalqaro oqibatlari/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:25 0:00
Yuklab oling

G’arb va Moskva Ukraina ustida nizolashayotgani bois yo’llar yopilishi mumkin degan xavotir bor.

Dengizdan yiroq va infratuzilmasi nochor mamlakatdan millionlab tonna texnikani qanday olib chiqasiz? Harbiy yetakchilar ana shu savolga javob topishi kerak. Imkoniyatlar uncha ko’p emas.

Shimoliy Ta’minot Tizimi Afg’onistonni Qora dengizdagi portlar bilan bog’laydi. Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya orqali Boltiq davlatlariga chiqish yo’llari ham mavjud.

Ammo so’nggi payt NATO va Rossiya Ukraina yuzasidan tortishib, hamkorlikni to’xtatgan. Bu degani, ayrim yo’llar yopilishi mumkin, deydi Londondan siyosiy tahlilchi Endryu Foksol.

“Aprel oyi boshlarida shimoliy alyans Rossiya bilan ishlay olmasligini bildirdi va endi NATOning Moskvadagi ofislari yopiladi degan gap yuribdi. Vladimir Putinning ixtiyorida NATO rejalarini izdan chiqarish imkoniyati bor ekan, Rossiya rahbari undan foydalanishi ehtimoli yuqori”.

AQShga qarashli texnikani olib chiqishning o’zi 6-7 milliard dollarga tushadi. Hozirgacha 86 ming konteyner Afg’onistonni tark etdi.

Strategik tadqiqotlar xalqaro institutidan Ben Berriga ko’ra, muqobil yo’llar bor ekan, operatsiya jadval bo’yicha davom etayapti.

“Yana bir marshrut - yukni Pokistonning Karachi shahriga yetkazib, u yerdan kemalarga ortish. NATOga a’zo ko’plab davlatlar, shuningdek, texnikani harbiy samolyotlardan Afg’onistondan olib chiqayapti”, - deydi u.

Rossiya NATO uchun yo’llarni yopib qo’yishdan manfaatdor emas, deydi suhbatdosh.

“Chunki G’arb davlatlari Rossiyaga mo’maygina pul to’laydi”.

Lekin, deydi Foksol, ko’pincha prezident Vladimir Putin uchun iqtisod emas, strategiya birlamchi masala.

“Rossiya tranzit yo’llarini ochib bergani uchun NATOdan yiliga 1 milliard dollar haq oladi. Lekin Ukrainadagi, Qrimdagi vaziyatga qarab xulosa qilish mumkinki, Putin geosiyosiy qarorlar qabul qilayotganda iqtisodiy faktorlarga e’tibor bermaydi”, - deydi u.

Moskva 2001-yilgi terror xurujlari ketidan G’arb bilan hamkor bo’ldi. Afg’oniston yana terrorizm o’chog’iga aylanishi mumkinligi - Rossiya va G’arbni birlashtirib turgan faktor, deb hisoblaydi Berri.

“Rossiya hukumatida, xavfsizlik kengashida Afg’oniston o’zini o’zi eplab ketishi uchun yordamni ayamaylik, deydigan mulozimlar albatta bor. Chunki chegarada beqarorlik va terrorizm yoyilishidan Rossiya mutlaqo manfaatdor emas”.

Yaqinda Tonga qirolligi askarlari Afg’onistondagi missiyani yakunlab, vatanga jo’nashga tayyorgarlik ko’rmoqda. Qo’shinlar vatanga qaytadi, lekin harbiy texnikani olib chiqish ancha murakkab masala.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG