BMT hisobotiga ko’ra, 4 million odam oziq-ovqat, suv, sanitariya va tibbiy xizmat, qolaversa, kelayotgan qahraton qishdan himoyaga va insonparvarlik yo’rdamiga muhtoj.
Ukraina urushning 4-yilini boshdan kechirmoqda. Shu kungacha taxminan 10 ming odam halok bo’lgan, 23500 kishi jarohatlangan. Lekin Kiyevdagi hukumat va Ukrainaning sharqiy qismida Rossiyani qo’llab-quvvatlayotganlar o’rtasida hamon murosa yo’q.
BMTning Insonparvarlik ishlari bo'limi vakili Jens Layerkining aytishicha, ayniqsa, isyonchilar nazoratidagi sharqiy hududlar aholisining ahvoli tang; ustiga-ustak 600 ming odam nafaqasini ololmayapti.
“Ziddiyat zonasining har ikki tomonida, taxminan, bir million 200 ming aholi oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekyapti, bu dolzarb masala”, - deydi u.
Layerkiga ko'ra, BMT bu yil Ukraina uchun 200 million dollar mablag' to'plashni rejalagan. Ammo hozirgacha uning 26 foizi yig'ilgan.
Facebook Forum