Breaking News

AQShning NATOdagi generali: Ukrainada sulh nomiga, xolos


NATO kuchlarining yevropadagi oliy qo'mondoni, AQSh aviatsiya generali Filip Bridlav
NATO kuchlarining yevropadagi oliy qo'mondoni, AQSh aviatsiya generali Filip Bridlav

NATO harbiy qo’mondoni, AQSh aviatsiya generali Filip Bridlav Ukrainada hukumat va isyonchilar o’rtasida imzolangan yangi sulh bitimidan umidvor ekanini aytmoqda.

Hujjatga ko’ra, jang qilayotgan tomonlar o’rtasida 30 kilometrlik bufer hududi tuzilib, og’ir artilleriya har ikki tomondan nishonga tegib bo’lmas masofaga, 15 kilometrga uzoqlashtiriladi.

Biroq, deydi Amerika generali, Rossiya qo’shinlari hamon Ukrainada ekan vaziyat tarangligicha qolmoqda.

Unga ko’ra, sulh nomiga imzolangan, xolos, zo’ravonliklar tingani yo’q.

Minsk memorandumi tomonlardan barcha xorijiy yollanma jangarilarni mojaro zonasidan chiqarishni ham talab qiladi.

General Bridlav nazarida rossiyalik askarlarning bir qismi Ukrainani tark etgan, biroq uyiga qaytmagan, chegara zonasida turibdi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sulh shartlarining bajarilishini nazorat qilish uchun Ukraina sharqiga 80 kuzatuvchisini yuborgan.

Kecha Rossiya Donetsk shahriga gumanitar karvon jo’natgan. Bu shu kungacha uchinchisi. Kiyev nazarida isyonchilarga karvon orqali qurol yuborilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG