Ekspertlarning aytishicha, Qrim hodisasi Moskva bilan apoq-chapoq bo’lmaslik tarafdori bo’lgan Islom Karimovning fikrini yanada mustahkamlashi mumkin. Rasmiy Toshkent ehtiyokorlik bilan Ukraina yaxlitligi tarafdori ekanini bildirgan.
Ammo Kiyevdagi vaziyat borasida sukut saqlashda davom etayapti. O’zbekiston jamoatchiligi esa Qrimdagi inqirozni, asosan, Rossiya axborot vositalari orqali kuzatayapti.
Qrim yuzasidan O’zbekistondagi sukut Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi o’tkazgan matbuot anjumanini ham chetlab o’tmadi.
Elchixona vakilining aytishicha, konferensiyadan maqsad ham O’zbekistonda Qrimdagi inqiroz, asosan, Rossiya axborot vositalari orqali kuzatilayotgan bir paytda, bu borada muvozanatni oz bo’lsa-da tiklashga urinish edi. Ammo bundan samara deyarli bo’lmagan.
“Biz bu yerdagi asosiy manba Rossiya axborot vositalari bo’lib qolayotganini e’tiborga olib, jamoatchilikni Ukraina hukumati nazaridan Qrimdagi vaziyat qanday ekanligi bilan tanishtirmoqchi edik. Anjumanda Ukrainaning elchisi vaziyat haqida axborot berdi. Matbuot anjumanida O’zbekiston televideniyesi, radiosi va internet nashrlardan ishtirok etishdi. Shuningdek, Qozog’iston va Qirg’izistondan ham jurnalistlar bor edi. Ammo matbuotda Ukraina elchixonasida o’tgan konferensiya haqida biror axborot topish qiyin. Press-konferensiyada 30 dan ortiq jurnalist qatnashgan edi. Nima uchun birorta axborot chop etilmagani esa sir bo’lmasa kerak”, - deydi Ukraina elchixonasi vakili.
Rasmiy Toshkentning Qrimdagi inqiroz yuzasidan pozitsiyasi ancha etiyotkor, ammo Ukraina yaxlitligi tarafdori. Bu munosabat Tashqi ishlar vazirligi darajasida emas, balki vazirlik qoshidagi “Jahon” axborot agentligi nomidan bildirildi.
Agentlik xabarida Qrim inqirozida kuch ishlatilishi Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini xavf ostiga qo’yishi ta’kidlanadi. Bu xabardan O’zbekiston Ukraina yaxlitligi tarafdori ekanini xulosa qilish mumkin.
Ekspertlar nazarida Qrim inqirozi hamisha Moskvadan uzoqroq yurishni ta’kidlab kelayotgan Islom Karimov pozitsiyasini kuchaytiradi.
“Rossiya Ukrainadagi harakatlari bilan Islom Karimov qo’liga qo’shimcha kozirlar bermoqda. U boshqalarga qarata, men sizlarga Rossiyaning xavotirli davlat ekanligini aytgan edim, deyishi mumkin. Bundan tashqari, men ishonaman, o’zbek hukumati boshqa hamkorlariga Kollektiv xavfsizlik shartnomasidagi faoliyatini to’xtatgani, bu tashkilot doirasidagi harbiy kuchlar vakolatini kengaytirishga qarshi turib to’g’ri qilganini yana bir bor eslatib o’tadi. O’shanda O’zbekiston bu kuchni mamlakat xavfsizligiga tahdid sifatida baholagan edi”, - deydi qozog’istonlik ekspert Do’sim Satpayev.
Ekspert Ukraina hodisalari bois rasmiy Toshkent va Moskva o’rtasidagi munosabatlar yanada uzoqlashishi mumkinligini bashorat qiladi.
“Ukraina hodisalari O’zbekiston rahbariyatini Rossiya bilan munosabatda yanada ehtiyotkor bo’lishga undaydi. Nazarimda, Toshkent Rossiya bilan mintaqaviy hamkorlik yuzasidan o’zini chetga torta boshlashi ham mumkin. Toshkent va Moskva aloqalari yana sovuqroq ko’rinish olishini kutish ham mumkin”, - deydi Satpayev.
Vaziyatni Markaziy Osiyo davlatlari diqqat bilan kuzatib kelayotgan bo’lsa-da, hozirgacha bu borada O’zbekiston va Qozog’iston rasman bayonot bildrishdi. Qozog’iston inqirozda kuch ishlatilayotganidan tashvish bildirish bilan cheklangan bo’lsa, O’zbekiston Ukraina yaxlitligi tarafdori ekanligiga ishora qildi.