Kecha Ukraina poytaxti Kiyevda namoyishchilar va militsiya olishib, 25 kishi o’lgan, yuzlab namoyishchi jarohat olgan. Faollar qo’lbola bomba va mushaklar otgan, shina va yog’och yoqqan, ayrim hollarda quroldan ham foydalangani ma’lum. Militsiya esa rezinali o’q va suvni ishga solgan.
Mamlakatda motam e’lon qilingan.
Prezident Viktor Yanukovich xalqqa televideniye orqali murojaat qilib, zo’ravonliklarda muxolifatni ayblagan va ommani xotirjamlikka chaqirgan. Unga ko’ra, faollar namoyishchilarni qurol olib chiqishga da’vat etib, demokratik tamoyillarga xilof ish tutgan va endi jazosini tortadi.
Yuzdan ziyod militsioner yaralangan, to’qqiz nafari o’lgan, aksariyati quroldan.
Yevropa Ittifoqi rahbariyati Ukraina bo’yicha favqulodda majlis chaqirgan. Tashkilotning tashqi siyosat bo’yicha mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton voqealardan xavotir bildirib, zo’ravonliklarni qoralagan va mojaroni bartaraf etishda yordam taklif etgan.
Bugun Parijda Fransiya, Germaniya va Qo’shma Shtatlar rasmiylari bayonot chiqarib, zo’ravonliklarni qoralagan. Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland qo’shma matbuot anjumanida zulmga mas’ul odamlarni sanksiyaga tortishga chaqirdi.
Payshanba kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari majlis qilib, kimga qarshi va qanday chora ko’rish xususida gaplashadi.
Muxolifat yetakchisi Vitaliy Klichko prezident Yanukovich bilan muzokara qilgan, ammo muloqotdan natija bo’lmadi. Uning aytishicha, davlat rahbari maydonni bo’shatib qo’yishni talab qilgan. Ammo Klichko tarafdorlarini qattiq turishga chaqirdi.
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ham vaziyat keskinlashganidan xavotir bildirgan.
Qo’shma Shtatlar o’z fuqarolariga hozircha Ukrainaga safar qilmaslikni, respublikadagi amerikaliklarni esa ehtiyot bo’lishni, ko’chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan.
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Yanukovich bilan telefon orqali suhbatlashib, xavfsizlik kuchlarini qaytarishga va namoyishchilarga qarshi kuch ishlatmaslikka chaqirgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot chiqarib, G’arbni Ukrainadagi radikal kuchlarni zo’ravonlikka gijgijlaganlikda aybladi.
Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov chiqishlarni davlat to’ntarishiga harakat deya baholadi. Rasmiy Putinning mojaroni hal etish yo’llari xususida Yanukovichga maslahat berayotgani haqidagi da’volarni rad etib, Rossiya Ukraina ichki ishlariga aralashmaydi, dedi.
Tartibsizliklar Lvov shahriga ham tarqalgan. Ikki mingcha namoyishchi viloyat ma’muriyati, ichki ishlar va xavfsizlik xizmati idoralarini qo’lga olgan.