Breaking News

Ukraina hukumati veb-sahifalari kiberxurujga uchradi


Ukrainada hukumat veb-sahifalari xakerlik hujumiga uchragan. Payshanba tunda sodir etilgan xuruj natijasida juma kuni ham ayrim sahifalarga kirib bo’lmagan.

Xalqaro hayot – 14-yanvar, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:09 0:00

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bu ishda Rossiyani bevosita ayblamasa-da, o'tmishda bu kabi kiberxurujlar ortida qo'shni mamlakat turganini ta'kidladi.

Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar mahkamasi, Xavfsizlik va mudofaa kengashi, Xavfsizlik xizmati, jami 70 ga yaqin hukumat veb-sahifalari hujumga uchragan.

Xakerlar sahifalarda ukrain, rus va polsha tillarida quyidagi yozuv qoldirilgan:

“Ukrainalik, barcha shaxsiy ma’lumotingiz jamoat tarmog’iga yuklangan. Kompyuterdagi barcha ma’lumotlar yo’q qilingan, ularni tiklab bo’lmaydi. Qo’rqing, bundan battari bo’ladi. Bu sizning o’tmishingiz, hoziringiz va kelajagingiz”.

Qo’shma Shtatlar Ukraina bilan chegarada 100 mingdan ortiq qo’shin to’plagan Rossiyani qo’shni mamlakatga hujum qilish rejasida ayblamoqda.

Rossiya esa aksincha NATOni unga tahdid solayotganlikda ayblarkan, AQSh va NATO bilan xavfsizlik kafolatlari bo’yicha muzokaralar natija bermaganidan afsusda.

Bu mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Rossiya AQSh va NATOdan o’z takliflariga batafsil yozma javob kutmoqda, biroq cheksiz kutish niyati yo’q.

Lavrovga ko’ra, Moskva qaysi takliflari ma’qul bo’lmaganini bildirishni va nega ma’qul bo’lmaganini yozma ravishda izohlab berishni talab qilmoqda.

“Prezident Vladimir Putin olingan javoblar va qarshi takliflar asosida qaror qabul qiladi”, - dedi Lavrov.

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo’yicha oliy vakili Jozep Borrel Ukraina davlat kompyuter tarmog’iga hujumni qoralarkan, bu ishni tergov qilishda Ukrainaga yordam berishini ma’lum qildi.

"Bu ishga kim qo’l urganini aytish qiyin, hech kimni ayblolmayman, qo’limda dalil yo’q, biroq faraz qilsa bo’ladi”, - dedi u.

Shvetsiya Tashqi ishlar vazirasi Ann Lindening aytishicha, G’arb Rossiya agressiyasiga qarshi turishi kerak.

"Rossiyaga aytayotgan gaplarimiz qattiq bo’lishi zarur. Agar Ukraina hujumga uchrasa, javob choralarimiz juda qattiq va keskin bo’lishini bildirish kerak”, - dedi u.

Germaniya Tashqi ishlar vazirasi Annalena Berbok kelasi hafta Moskvada Ukraina inqirozini muhokama qilmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG