Breaking News

Ukrainadagi parlament saylovlarida Zelenskiy partiyasi oldinda


Ukrainada muddatidan erta o'tkazilgan parlament saylovlarida berilgan ovozlar bo'yicha dastlabki natijalar rasmiy ekzitpol orqali ma'lum qilindi. Unga ko'ra, Oliy Radaga beshta siyosiy partiya kiradigan bo'ldi.

Eng ko'p ovozlarni Prezident Vladimir Zelenskiyning "Xalq xizmatkori" partiyasi to'pladi. Saylovchilarning 43 foizidan ko'pi unga ovoz berdi.

Ikkinchi o'rinda Viktor Medvedchukning "Muxolif platforma - Hayot uchun" partiyasi - 12,5%. Sobiq prezident Petro Poroshenkoning "Yevropa birdamligi" partiyasi 8,7 foiz ovoz bilan uchinchi o'rinni oldi.

Saylovchilarning 8,1 foizi sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenkoning "Batkivshina" partiyasiga, 6,6 foizi esa "Elza okeani" rok gruppasining lideri Svyatoslav Vakarchuk asos solgan "Golos" partiyasiga berdi.

Zelenskiyning aytishicha, partiyasining saylovdagi g'alabasi unga o'z tashabbuslarini amalga oshirishga imkon beradi. Zelenskiy Vakarchukka koalitsion hukumat tuzishni taklif etdi, rok musiqachi esa saylov natijalari rasman e'lon qilinishi bilan koalitsiya bo'yicha muzokaralarga tayyor bo'lishini bildirgan.

Prezidentlikka saylangan aktyor va qiziqchi Donbassda urushga yakun yasamoqchi ekanini aytib, parlamentdagi tarafdorlari yordamida sharqdagi bo'lginchi kuchlar qo'liga tushgan askarlarning ozod etilishiga, korrupsiyaga qarshi kurashishga, prezidentga qarshi impichment haqidagi qonun qabul qilinishiga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG