Breaking News

Yevropa, Ukraina muzokarani vaqtincha to’xtatdi


Senator Jon Makkeyn, muxolifat yetakchisi Vitaliy Kllichko Kiyevda. 15-dekabr, 2013-yil.
Senator Jon Makkeyn, muxolifat yetakchisi Vitaliy Kllichko Kiyevda. 15-dekabr, 2013-yil.
Ukraina poytaxtida Yevropaga xayrixoh yuz minglab odamlar kecha namoyishga chiqqan. Bu orada, Yevropa Ittifoqi Kiyev bilan hamkorlikka doir muzokarani vaqtincha to’xtatgan.

Ittifoqqa yangi a’zolarni qabul qilish uchun mas’ul Stefan Fuelning aytishicha, Ukraina rahbari Viktor Yanukovich Yevropa bilan munosabatlarni jiddiy qabul qilishini namoyish etishi lozim. Ungacha muzokaralar to’xtatiladi.

Yanukovich ertaga Moskvaga borib, Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan ko’rishishi kerak.

Kiyevda isyon qilayotgan fuqarolar xavotiri shuki, bu uchrashuv Kreml bilan rishtalarni yanada mustahkamlaydi.

AQSh senatorilari Jon Makkeyn va Kris Merfi Ukrainaga safar qilib, namoyishchilarni qo’llab-quvvatlab chiqqan.

Tinch aholiga nisbatan kuch ishlatilsa, Qo’shma Shtatlar sanksiyalarni ishga soladi, deya ogohlantiradi Makkeyn.

Ukraina hukumati o’tgan oy Yevropa Ittifoqi bilan integratsiya bitimini imzolash fikridan qaytgan. Yanukovich ma’muriyati Rossiya bilan iqtisodiy rishtalarni yaxshilashni afzal ko’rmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG