Hibsdagi muxolifat yetakchisi Yuliya Timoshenko mansub partiya vakillarining aytishicha, dushanba kuni politsiya kuchlari poytaxt Kiyevdagi partiya idorasiga bostirib kirgan.
Muxolifat so’zlovchisi bayonotiga ko’ra, huquq-tartibot organi xodimlari dushanba kuni kechqurun “Ota vatan” partiyasi ofisi eshiklarini sindirib kirib, partiyaning kompyuterini musodara qilgan. Kiyev politsiyasi bu ayblovlarni inkor etmoqda.
Politsiya poytaxtning Mustaqillik maydoni bo’ylab namoyishchilarni tarqatishga urinmoqda. Hozir ko’chalarni hukumat binolari atrofiga o’rnatilgan barrikadalardan tozalash ishlari davom etyapti.
Ukraina sudi namoyishchilarni hukumat binolari oldini to’smaslikka chaqiruvchi qaror qabul qildi. Namoyishchilarga yo’lni bo’shatib qo’yish uchun ma’lum vaqt berilgan. Agar shunda ham ular o’z o’rinlaridan jilmasa, ko’chalar kuch bilan tozalanishi haqida ogohlantirilgan.
Ukraina muxolifati yetakchilaridan biri Vitaliy Klichko politsiyani kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirdi.
“Biz ularni tinch namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatmaslikka chaqiramiz. Agar bu ro’y bersa, oqibati yomon bo’ladi. Nafaqat odamlarning kaltaklanishi, balki jamiyatda notinchlik yanada kuchayishi bilan”, - dedi u.
Yevropa ittifoqi Ukraina hukumatini bosiqlik ko’rsatishga chaqirmoqda. Yevropa namoyishchilarni qo’llab-quvvatlash “huquqiga va majburiyatiga ega”, deydi Ittifoq rasmiylari.
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti bilan telefon orqali gaplashib, Vashington mavjud vaziyatdan tashvishda ekanini bildirgan. Uning aytishicha, rasmiy Kiyev muxolifat yetakchilari bilan uchrashib, ularning talablariga quloq tutishi kerak.
President Yanukovich Ukrainaning uch sobiq prezidenti bilan ko’rishib, mavjud siyosiy inqirozdan chiqish yo’llarini muhokama qilishini e’lon qilganidan so'ng namoyishchilar ustiga politsiyachilar tashlandi. To’polonlar Ukrainaning Yevropa bilan ittifoqchilik bitimini imzolamagani oqibatida boshlangan edi.
Ukrainaning Yevropaga yaqinlashish siyosatidan yuz o’girgani ortida Rossiyaning iqtisodiy bosimi turgani aytiladi. Rossiya Ukrainaga eng ko’p sarmoya kiritgan tashqi investor. U, shuningdek, savdo va gaz ta’minotida Kiyevning asosiy hamkori.
Kreml Bojxona ittifoqi a’zolari sonini oshirish orqali sobiq sovet respublikalarini qayta o’z ta’siri ostiga olishga urinayotganlikda ayblanadi.