Breaking News

Ukrainada namoyishlar

Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlovchi muhim hujjatni imzolashni keyinga qoldirgan. Biroq Yevropa bilan integratsiya hamon ustuvor maqsadlardan biri, deya ta’kidlaydi hukumat. Tahlilchilar ta’rifiga ko’ra, Ukraina qarori ortida sobiq sovet davlatlarini o’z ta’sir doirasida ushlab qolishga urinayotgan Rossiya turibdi. Bundan norozi muxolifat namoyishga chiqqan. Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton Kiyevning harakatidan afsusda, ammo mamlakat bilan hamkorlikni davom ettirish zaruratini eslatmoqda. Hujjatda Yevropa bilan savdo va hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenkoni qamoqdan ozod qilish haqidagi band bor edi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG