Breaking News

Ukrainada prezidentga qarshi namoyishlar


Ukrainada politsiya to’qmoq va ko’zni yoshlantiruvchi gaz yordamida namoyishchilarni tarqatayapti.

Prezident Viktor Yanukovich Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishga doir qonun loyihasini ma’qullamagach, ertalabdan poytaxt Kiyevda odamlar to’plangan. Ular prezident iste’fosini talab qilayapti.

Yevropa Ittifoqi nazarida Rossiya Ukrainani ittifoq bilan erkin savdo bitimidan aynitgan. Germaniya kansleri Angela Merkel Yanukovichning qaroridan afsusda. “Ukrainadan ko’proq narsa kutgan edik”, - deydi u.

Yanukovich esa “Ukrainada iqtisodiy ahvol juda og’ir, Moskva bilan ham muomala qilishimiz kerak” deya javob qilgan.

Yevropa-Ukraina savdo bitimi muhokama qilinayotgan bir pallada Moskva o’tgan oy g’aznasi bo’shab qolgan Kiyevdan 1 milliard dollarlik gaz qarzini to’lashni talab qilib turib oldi, deb yozadi g’arb matbuoti.

Bundan tashqari, Kreml Ukraina importiga ham cheklovlar joriy etdi va ittifoq bilan bitim imzolansa, qo’shimcha cheklovlarni ishga solishi haqida ogohlantirdi.

Ukraina va Yevropaning bir qismi Rossiyaning gaziga tobe. 2006 va 2009-yillarda Moskva qishda G’arbga yetaklovchi quvurlar jo’mragini burab qo’ygan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG