Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Ukrainadagi siyosiy beqarorlikka aralashmaydi, deya boshqa davlatlarni ham shunga da’vat etmoqda. Rasmiy Kiyev Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo bitimini imzolashdan bosh tortganidan beri poytaxtda namoyishlar tinmayapti.
NATO ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Bryusselda majlis qilib, Afg’oniston va Suriya masalasini muhokama qilish bilan bir qatorda Ukrainadagi voqealarga ham baho berib o’tdi. Xususan, vazirlar Rossiya qo’shni davlatdagi namoyishlarni bostirish uchun qo’shin kiritsa, alyans qanday javob berishi mumkinligi xususida ham fikr almashgan.
Bryusseldagi majlisga taklif qilingan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya bu ishga nega aralashishi kerak ekan, deya hayron.
"Masalaning bunday qo’yilishi noto’g’ri tasavvurni shakllantiradi va vaziyatga to’g’ri baho berishda xatoga olib keladi. Bu Ukrainaning ichki ishi va masalani ukrainaliklarning o’zi hal qiladi", - dedi Lavrov.
Rossiya vaziri Ukraina muxolifatining prezident Viktor Yanukovichga nisbatan agressiv pozitsiyasidan hayratda ekanini aytdi. Yevropa Ittifoqi bilan bitimlarni imzolash yoki imzolamaslikka u davlat rahbari sifatida haqli, deydi Lavrov.
"Hujjat imzolanmagani bois mamlakatda namoyish boshlash kerakmi? Ukrainalik siyosatchilar masalani tinch yo’l bilan hal qilishiga umid qilib, hammani bu ishga aralashmaslikka chaqiraman", - dedi Lavrov.
Ukraina bosh vaziri Mikola Azarov hukumatga qarshi namoyish qilayotgan odamlarni ziddiyatlarni keskinlashtirmaslikka chaqirgan. Azarovning Vazirlar mahkamasi majlisida so’zlashicha, hukumat ularning harakatlariga toqat qilib kelmoqda, biroq hech kim qonunni buzmasligi kerak, aks holda jazolanadi.
Bosh vazir Azarovning aytishicha, Ukraina Ittifoq bilan chuqurroq integratsiya qilishni istaydi, ammo Rossiya bilan ham savdo aloqalarini qo’ldan boy berishni xohlamaydi.
Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi AQShning Human Rights Watch tashkiloti Ukraina hukumatini ommaga qarshi kuch ishlatilganiga doir holatlarni tergov qilishga chaqirmoqda. Guruh bayonotiga ko’ra, militsiya tinch turgan odamlarni do’pposlagan, ayrimlari tan jarohati olgan.
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Ukraina xalqi prezident Yanukovichning Yevropa Ittifoqidan uzoqlashish qarorini qo’llab-quvvatlamaydi.
"Mamlakat kim bilan yaqin aloqada bo’lishini xalqning o’zi hal qilishi kerak. Ularga taklif etilayotgan imtiyozlar va huquqlardan kelib chiqib", - deydi Kerri.
O’tgan kuni parlamentda hukumatga ishonchsizlik votumini bildirish ovozga qo’yilib, muxolifat uni tarqatishga urinib ko’rdi, biroq 40 ta ovoz yetmadi.