Breaking News

Ukraina muxolifati erta saylovlarga chaqirmoqda


Vazirlar mahkamasi binosi yonida namoyishlar, Kiyev, Ukraina, 2-dekabr, 2013-yil
Vazirlar mahkamasi binosi yonida namoyishlar, Kiyev, Ukraina, 2-dekabr, 2013-yil
Ukrainada hukumatga qarshi chiqishlar davom etmoqda. Namoyishchilar poytaxt Kiyevda Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bank binolariga kirish yo’llarini to’sib qo’ygan.

Kecha 100 mingdan ziyod odam shaharda to’planib, hukumat va prezidentni iste’foga chaqirgan. Ular Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo bitimini imzolamaganidan norozi.

Namoyishchilarning ba’zilari Kiyevning markaziy maydonida tunab qolgan. Muxolifat rahbari Arseniy Yatsenyuk erta saylovlarga chaqirmoqda.

Parlament spikeri Volodimir Ribak bugun hukumat va muxolifat muzokara boshlashini aytgan. Deputatlar ham vaziyatni muhokama qilib, hukumatni ishonchsizlik votumi orqali iste’foga chiqarish masalasini o’rtaga qo’yishi mumkin.

Kecha bir guruh namoyishchilar prezident saroyiga yurish qilib, militsiya ularga qarshgi ko’zni yoshlantiruvchi gaz va karaxt qiluvchi granata qo’llashga majbur bo’ldi. Har ikki tomondan yaradorlar bor.

Yevropa axborot agentliklariga ko’ra, Rossiya Ukrainani Yevropa bilan yaqinlashish rejasidan qaytargan.

Rossiya oktabr oyida gaz uchun qarzga botgan Kiyevdan bir milliard dollarni to’liq uzishni talab qilib, aks holda tabiiy gazni butunlay uzib qo’yishini aytgach, Ukraina hukumatini chorasiz ahvolda qoldirgan, deya xabar beradi axborot agentliklari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG