Breaking News

Ukraina Rossiya bilan yaqinlashadi. Bundan norozi Timoshenko ochlik e'lon qildi


Ukraina sobiq bosh vazirasi Yuliya Timoshenkoni ozod etishga chaqiruvchi shior
Ukraina sobiq bosh vazirasi Yuliya Timoshenkoni ozod etishga chaqiruvchi shior
Ukrainada muxolifat rahbari, qamoqda saqlanayotgan sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenko hukumatning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik bitimini imzolashdan chekinish qaroriga norozilik bildirib, ochlik e’lon qilgan.

Rasmiy Kiyev hujjatni shu hafta imzolashi kutilayotgan edi, ammo so’nggi pallada bu ishdan voz kechib, uning o’rniga Rossiya bilan savdo aloqalarini kuchaytirishga ahd qildi.

Yevropa Ittifoqi hamkorlik bitimi evaziga Timoshenkoni ozod etish talabini olg’a surgan edi, ammo Ukraina parlamenti ittifoqning bu shartini qondirishdan bosh tortdi.

Yakshanba kuni poytaxt Kiyevda salkam yuz ming odam ko’chaga chiqib, hukumat qarorini qoralab, Yevropa bilan yaqinlashishni talab qildi. Kecha esa prezident Viktor Yanukovich tarafdorlari ham namoyish qilgan.

Yevropa Kengashi prezidenti German Van Rompuy va Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozo Rossiyani bu masalada Ukrainaga bosim qo’yganlikda aybladi.

Ukraina bosh vaziri Mikola Azarov qaror Kreml maslahatiga ko’ra qabul qilinganini tan oldi. Ammo, dedi u, Kiyev Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kuchaytirish strategiyasidan voz kechgani yo’q.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG