Breaking News

Energiya taqchilligi Ukraina inqirozini chuqurlashtirishi mumkin


Rossiyaning Ukraina ichki ishlariga aralashishi diplomatik va harbiy inqirozni keltirib chiqardi. Ayni paytda, bu holat iqtisodiy va enegriya bo’hroniga ham sabab bo’lmoqda. Rossiya Ukrainaga eksport qiladigan gaz narxini keskin oshirishi oqibatida Kiyev yangi va arzon energiya manbalarini qidirmoqda.
Ukraina va tabiiy gaz, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00
Yuklab oling
Ukraina iqtisodiyoti tabiiy gazga ixtisoslashgan. Uylar va zavodlarda, asosan, gazdan foydalaniladi.
Gaz Rossiyadan keladi. Yaqingacha narxlar o’zaro kelishuv asosida belgilanardi.
Ammo ukrainaliklar rossiyaparast prezident Viktor Yanukovichni hokimiyatdan ag’dargach, Moskva gaz narxini 40 foizga oshirdi.

Londonda joylashgan Strategik tadqiqotlar xalqaro institutining energiya bozori bo’yicha mutaxassisi Pyer Noelning aytishicha, Ukrainaning yangi rahbariyati hozir og’ir tanlov oldida turibdi.

“Ular juda qiyin, ehtimol, imkonsiz tanov oldida turibdi: arzon gaz va Rossiyaga siyosiy tobelik yoki gazga qimmat haq to’lash evaziga siyosiy mustaqillikni saqlab qolish”, - deydi u.

Noelga ko’ra, Ukraina hududida Rossiyaning G’arbiy Yevropaga o’tgan yagona gaz quvurlari joylashgani bois, Kiyev bir necha o’n yildan beri gazni katta chegirma evaziga sotib olardi. Ammo bu endi o’zgarishi mumkin.

Rossiya va uning mijozlari Ukraina chegarasini aylanib o’tuvchi ikkita yangi quvur yotqizishni rejalamoqda. Natijada Kreml Kiyevga o’zi istagan narxlarni qo’yish imkoniga ega bo’ladi.

Bu esa restoran egasi Yuriy Gelfat kabi mahalliy iste’molchilar va tadbirkorlar uchun yomon xabar.

“Gaz narxi barchamizga ta’sir qiladi. Isitish va issiq suv uchun ko’proq pul to’lash xizmatlarimiz narxining ham oshishiga sabab bo’ladi”, - deydi Gelfat.

Bu energiya mustaqilligi uchun to’lanadigan tovon puli.
Kiyim-kechak do’koni sohibi Ruslan Pavlyuk esa energiyani tejash lozimligini aytadi.

“Ukrainaliklar yig’lashni bas qilib, belni mahkam bog’lagan holda kelajakda hali kurashlar ko’p bo’lishini tushunishi lozim”, - deydi u.

Ukraina zavodlari hamda uylarda energiya ko’p isrof qilinishi aytiladi. Qolaversa, sharqiy Ukrainada Rossiya ta’sirining hanuz kuchli ekani markaziy Yevropa davlatlari amalga oshirgan islohotlarni bu yerda o’tkazish bo’yicha milliy kelishuvga erishishni qiyinlashtiradi, deydi Pyer Noel.

“Ukraina siyosiy va iqtisodiy masalalar bo’yicha bo’lingan. Mamlakatning bir qismi islohotni amalga oshirishga qodir va buni istayotgan bo’lsa, ikkinchi qismi buni xohlamaydi va bundan manfaatdor emas”, - deydi tahlilchi.

Noelga ko’ra, Ukraina sharqining iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaramligini ta’minlovchi siyosiy kelishuvga erishish muammoga yechim bo’lishi mumkin. Rossiya shu orqali Ukrainada o’z ta’sir doirasini saqlab qolib, natijada Ukraina mustaqilligiga ortiq daxl qilmasligi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG