Breaking News

Yer shari ahli 7 milliardga yetmoqda


Talabalar "Men 7 milliard odamdan biriman" degan shior bilan, Nyu-York
Talabalar "Men 7 milliard odamdan biriman" degan shior bilan, Nyu-York

31-oktabr kuni dunyo aholisi soni 7 milliardga yetadi. Bu o’zgarish yer shari uchun nimani anglatadi? Oqibatlari qanday bo’ladi? Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, bu odamlarning o’ziga bog’liq.

6 milliardga jahon 1999 yilda yetgan edi. 8 milliardga, deydi demograflar, 2025 yilda yetamiz.

31-oktabr kuni 382 ming go'dak dunyoga keladi. 7 000 000 000 - bola Hindistonda tug'iliadi, deydi BMT ekspertlari.

Sog’lom, barqaror va farovon kelajak yoki ijtimoiy tengsizlik, ekologik inqiroz va iqtisodiy qiyinchiliklar? Insoniyatni nima kutmoqda?

BMT yaqinda o’tkazgan tadqiqotga ko’ra, jahon aholisining 7 milliardga yetishi - ijobiy voqea. Chunki bu - odamlarning o’tmishga qaraganda sog’lomroqligi va uzoqroq umr kechirayotgani dalolati.

Ammo tadqiqot olib borgan Richard Kollodj jamiyatlar orasida tafovut katta, deydi.

”Rivojlanish darajasi past bo’lgan joylarda, xususan Afrika va Osiyoning katta qismlarida aholining o’sish sur’ati iqtisodiy o’sishdan balandroq. Bu hukumatlar uchun jiddiy muammo”,- deydi mutaxassis.

Hindistonning Laknau shahridagi tug'ruqxonada yangi tug'ilgan chaqaloqlar. Aholi jihatidan Hindiston dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Birinchilik - Xitoyda. Lekin 7 000 000 000 - bola Hindistonda tug'ildi.
Hindistonning Laknau shahridagi tug'ruqxonada yangi tug'ilgan chaqaloqlar. Aholi jihatidan Hindiston dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Birinchilik - Xitoyda. Lekin 7 000 000 000 - bola Hindistonda tug'ildi.

BMTga ko’ra, Osiyoda 4,2 milliard odam yashaydi. Yer sharining eng gavjum qismi. Kelajakda Afrika Osiyodan o’zib ketmasa-da, bu qit’a aholisi tez o’sishda davom etadi va keyingi asr boshida 3,6 milliardga yetadi.

“Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada ko’payish darajasi o’lim sur’atidan pastroq. Hukumatlar ish kuchining kamayishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining pasayishi kabi muammolarni hal etishga majbur. Aks holda aholi turmush darajasi pasayib ketadi”, - deydi BMT vakili Kollodj.

Butun Amerika, Yevropa va Okeaniya aholisi 1,7 milliardga teng. BMT Aholishunoslik Jamg’armasiga ko’ra, bu raqam 2060-yilga borib bor-yo’g’i 2 milliardga yetadi va asr oxirigacha ham taxminan shu darajada qoladi.

Yer yuzidagi hayot har jihatdan barqaror bo’lishini istasak, nima qilishimiz kerak?

Javoblardan biri aniq: xotin-qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, jinsiy tenglikni ta’minlash, ta’lim saviyasini oshirish, ijtimoiy illatlarga qarshi kurash, deydi Kollodj.

BMT a’zo davlatlarni yoshlar salomatligi va ta’limiga ko’proq e’tibor berishga undamoqda. Qashshoqlikka barham berish, tabiatni muhofaza qilish ham dolzarb vazifa.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG