Breaking News

Qurol savdosi bo'yicha xalqaro bitimga kelishilmadi


Global qurol-aslaha savdosini nazorat qilish bo’yicha BMT olg’a surgan muzokara ish bermayapti. Qabul qilinsa, bu jahon qurol bozorini idora etuvchi ilk yirik hujjat bo’lardi.



Uch davlat AQSh, Xitoy va Rossiya bitim loyihasini ko’rib chiqish uchun ko’proq vaqt so’ragan. Vashington masalani kelasi yil muhokamaga qo’yishni taklif qilmoqda.

Amerika, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Britaniya va Xitoy - eng yirik eksportchilar.

Hindiston, Avstraliya, Janubiy Koreya, Singapur, AQSh va Jazoir – eng yirik importchilar.

Jahon bo’ylab har yili harbiy maqsadlarda 1,5 trillion dollarga yaqin mablag’ sarflanadi. Aksariyati Amerikaga to’g’ri keladi – 711 milliard dollar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG