Breaking News

BMT: Eron yadro dasturini tekshirish bo'yicha yutuqlar bor


Xalqaro Atom energiyasi agentligi rahbari Yukiya Amano
Xalqaro Atom energiyasi agentligi rahbari Yukiya Amano

Xalqaro Atom energiyasi agentligi rahbarining aytishicha, Eronning yadro qurolini yaratish yo'lidan borgan yoki bormaganini aniqlash bo'yicha BMT olib borayotgan tekshiruvlarda sezilarli siljishga erishilgan.

Yukiya Amano Eronga borib, xususan, tekshiruv diqqat markazida turgan Parchin harbiy bazasini ham ko'zdan kechirgan.

"O'rnatilgan tekshiruv qoidalari doirasida agentlik namunalar oldi. Jarayon bizning kuzatuvimiz va majburiyatlarimiz ostida o'tdi. Hozir namunalar Venaga olib kelingan va ular agentlik mutaxassislari tomonidan tahlil qilinadi", - dedi BMTning Xalqaro Atom energiyasi agentligi rahbari.

Avvalroq Eronning "IRNA" axborot agentligi namunalarning xalqaro tashkilot vakillari hozir bo'lmagan payt olingani haqida xabar bergan.

Ayni paytda Eronda AQSh bilan erishilgan bitimni parlament tasdig'idan o'tkazish jarayoni ketmoqda. Mamlakat Prezidenti Hasan Ruhoniy kelishuvni Eron xalqining aksariyati qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Uning "CBS" telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, tegishli idoralar hujjatni ma'qullagach, barcha unga birdek amal qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG