Bir necha oy davom etgan muzokaralar va bir necha yillik sanksiyalar ortidan Avstriya poytaxti Venada Eron va xalqaro hamjamiyat dastur yuzasidan kelishuvga erishdi.
Eron bilan kelishuvga erishildi

1
Kelishuvga ko’ra, Eron yuqori darajada boyitilgan uran va plutoniy moddalarini ishlab chiqarishni bas qiladi. Bu moddalar ommaviy qirg’in qurolini yasashda qo’llanishi mumkin.

2
Tehron mavjud sentrifugalarning uchdan ikkisini olib tashlaydi va kelasi o’n yilda ilg’or sentrifugalardan uranni boyitishda foydalanmaydi.

3
“Qo’shma Shtatlar, xalqaro hamkorlar bir necha o’n yillik ziddiyatni yengib o’tishga va Eron bilan yadro quroli yaralishiga chek qo’yuvchi bitimni imzolashga muvaffaq bo’ldi”, - dedi Obama.

4
Eron yadro dasturi bo'yicha bir necha oy davom etgan muzokaralar va bir necha yillik sanksiyalar ortidan Avstriya poytaxti Venada Eron va xalqaro hamjamiyat dastur yuzasidan kelishuvga erishdi.