Breaking News

Tramp BMTni isloh qilishga chaqirmoqda


Prezident Tramp BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish ishlarini olqishladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

BMTdagi ilk rasmiy uchrashuvda AQSh Prezidenti Donald Tramp byurokratiya va boshqaruvdagi noqisliklar dunyo tashkilotining o'z imkoniyatlaridan to'la foydalanishiga to'siq bo'layotganini aytdi.

120 dan ortiq davlatlar rahbarlari huzurida so'zlagan Tramp BMTni isloh qilish bo'yicha Bosh kotib Antonio Guterrish boshlagan ishlarni olqishladi.

AQSh Prezidenti Donald Trump BMT Bosh Assambleyasi ochilishidan bir kun avval BMTga a’zo mamlakatlarlarni eskicha ishlash usullaridan voz kechishga chaqirdi.

"2000-yildan beri BMT ishchi-xodimlari ikki baravar, byudjet esa 140 foizga ortgani bilan bu sa’y-harakatlardan natija ko'rmayapmiz”, - deydi AQSh rahbari.

Tramp BMT faoliyatini tanqid qilib keladi. Uning fikricha, tashkilot jahon bo’ylab insoniyat ishonchini qayta tiklashi kerak.

"Buning uchun BMT har bir ishga javobgarlik, mas’uliyat bilan yondashishi,haqiqatni fosh etuvchilarni himoya qilishi, jarayondan ko’ra natijaga e’tiborini qaratishi kerak”, - deydi u.

Tramp dunyo yetakchilarini BMT faoliyatini qayta isloh qilishga, byurokratiyadan ko’ra insoniyat qadri, taqdirini o’ylashga chaqirmoqda. Guterrish ishlab chiqqan o'zgarishlarni qo’llamoqda.

"Biz siz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, birga ishlasak, BMT faoliyatini isloh qila olamiz. Bu bilan insoniyat oldida kuchliroq, samaraliroq natijalarga erishamiz. Global uyg’unlik va tinchlikka tayanch bo’la olamiz", - deydi Tramp.

Guterrishning aytishicha, BMT faoliyatini global talablarga muvofiq qayta tartibga solish kerak.

"Jinsiy ekspluatatsiya va zo’ravonlikni to’xtatishga qaratilgan yangi strategiyani yo’lga qo’ydik. Terrorizmga qarshi kurash, erkin so'z aytuvchilar himoyasi, tinchlik va xavfsizlik yo’lida BMTning o’zida rejalashtirilgan ayollar tengligi dasturini ishga tushirdik. Bunda, albatta, byudjet masalalari ham hisobga olingan”, - deydi BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish.

AQShning BMTdagi elchisi Nikki Xeyli BMTni isloh qilish bo'yicha Amerika taklif qilgan deklaratsiyaga imzo chekib ulgurmagan tashkiot a’zolarini tezda ular safiga qo’shilishga da’vat etmoqda.

"Ishonamizki, birlashib islohotlarni amalga oshirsak, tarixiy yangi burilish yasay olamiz”, - deydi Nikki Xeyli.

BMTga a'zo 193 mamlakatning uchdan ikki qismi deklaratsiyani qo’llab-quvvatlashini bildirgan. Ular orasida Xitoy va Rossiya yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG