O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-20-sentabr kunlari Nyu-Yorkda bo'lib, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlaydi. Bu - Prezident Mirziyoyevning AQShga, qolaversa G'arb dunyosiga ilk safari.
Rasmiylarning aytishicha, Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatga murojaatida o'z mamlakati uchun ustuvor bo'lgan masalalarga e'tibor qaratib, O'zbekistonning bugungi prioritetlarini tushuntiradi.
Oldingi prezident Islom Karimov BMT minbariga 1993, 1995, 2000 va 2010-yilda chiqqan. Xavfsizlik, taraqqiyot, Orol dengizining qurishi, suv taqsimoti, Afg'onistondagi tinimsiz urush va terrorizmga qarshi kurash uning nutqlaridagi asosiy mavzular bo'lgan.
Nyu-Yorkda prezident BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi rahbari Kristin Lagard, Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim bilan muloqot qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi, deyiladi hukumat bayonotida.
Prezident O‘zbekiston-Amerika Tijorat Palatasi bilan hamkorlikda o'tkaziladigan biznes forumda ham ishtirok etadi degan xabarlar bor. Unda yetakchi firma va kompaniyalarning vakillari ishtirok etib, qator kelishuvlar imzolanishi rejalangan.
Mirziyoyev vatandoshlar, xususan Amerikadagi o'zbek mutaxassislar bilan ko'rishishi kutilmoqda.
Prezident bilan ko'risha olsangiz, nima degan bo'lardingiz? "Amerika Ovozi" ga murojaatingizni video shaklda yuboring, efirga beramiz.
Facebook Forum