Breaking News

BMT Suriya urushini to'xtatish bo'yicha yangi tashabbus bilan chiqmoqda


BMTning Suriya bo'yicha mas'ul vakili Staffen de Mistura (chapda) Suriya Prezidenti Bashar al-Assad bilan, Damashq, 10-noyabr, 2015-yil.
BMTning Suriya bo'yicha mas'ul vakili Staffen de Mistura (chapda) Suriya Prezidenti Bashar al-Assad bilan, Damashq, 10-noyabr, 2015-yil.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha mas'ul vakili Staffen de Mistura Suriyadagi ko'p yillik qonli urushga xotima yasash uchun yangi siyosiy tashabbusni olg'a surmoqda.

Uning 22-sentabr kuni e'lon qilishicha, 4 yildan beri davom etayotgan ixtilofga siyosiy yechim topish maqsadida to'rtta ishchi guruhi tuzilgan. Rejaga ko'ra, urushayotgan tomonlar ana shu guruhlar tarkibiga kirib, siyosiy, huquqiy hamda harbiy masalalar bo'yicha mavjud kelishmovchiliklarga yechim topishga harakat qiladi.

Ayni paytda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an Rossiyaning Suriyadagi faollashuvidan tashvishlanayotganini bildirdi. U bu haqda Moskvaga tashrifi oldidan so'zladi. U Rossiya poytaxtida qurilgan yangi jome masjidining ochilish marosimida qatnashdi.

Mamlakat Bosh vaziri Ahmet Dovuto'g'li ham televideniye orqali chiqishida Assad rejimining Rossiya tomonidan harbiy qo'llab-quvvatlanishi to'rt yillik fuqarolar urushiga siyosiy yechim topish imkoniyatini yo'qqa chiqarishi mumkinligidan ogohlantiridi.

"Ular yordamni maydonning o'zida bera boshladi. Bu juda xavfli. Shuning uchun vaziyatni jiddiy tashvish bilan kuzatyapmiz", - dedi Dovuto'g'li.

Anqaraning Moskva harakatlarini keskin tanqid qilishi kutilmagan hol sifatida ko'rilmoqda. Chunki u shu paytgacha Rossiya bilan olib borayotgan diplomatik munosabatlariga ehtiyotkorlik bilan yondashib kelayotgan edi.

Prezident Erdog'an Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga urinib keladi. Bunga Suriya va Qrim yarim oroli yuzasidan mavjud farqli qarashlar ham pand begani yo'q. Tomonlar, asosan, savdo munosabatlarining rivojlanishidan manfaatdor ekani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG