Breaking News

BMT: Ukraina inqiroziga korrupsiya va iqtisodiy tengsizlik aybdor


Ukrainaning muvaqqat prezidenti Oleksandr Turchinov (chapda) BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun bilan. Kiyev, 21-mart 2014-yil.
Ukrainaning muvaqqat prezidenti Oleksandr Turchinov (chapda) BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun bilan. Kiyev, 21-mart 2014-yil.
BMT ma’lumotiga ko’ra, Ukrainada ziddiyatlarning kuchayishida korrupsiyaning keng quloch yoygani, yolg’on xabarlar hamda propaganda aybdor. Xalqaro tashkilotning inson huquqlari bo’yicha oliy komissari bu masalada aybdorlarni topib jazoga tortish lozimligini ta’kidlaydi.

BMT hisobotida Ukraina inqirozining kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Bugungi ixtiloflarning asosida korrupsiya, iqtisodiy notenglik hamda qonun ustivorligiing zaifligi yotadi, deyiladi hisobot xulosasida.

Hujjatda yozilishicha, Ukraina poytaxti Kiyevda boshlangan tinch namoyishlar “Berkut” maxsus politsiya bo'limi va xavfsizlik xizmati xodimlari keskin kuch ishlatish yo’liga o’tgach, zo’ravon tus olgan.

Maydon namoyishlariga aloqador zo’ravonliklar tergov qilinishi hamda aybdorlar jazoga tortilishi kerak, deydi BMT tahlilchilari.

15-aprel kuni e’lon qilingan hisobot mart oyida Ukrainaga yuborilgan BMTning ikki guruhi to’plagan ma’lumotlarga asoslanadi. Guruhga BMTning Inson huquqlari bo’yicha Bosh kotibi yordamchisi Ivan Simonovich yetakchilik qilgan.

Tekshiruvda Qrimdagi referendumga qarshi chiqqan jurnalistlar va huquq faollari tazyiqlarga uchragani, nohaq hibsga olinib, qiynoqqa mahkum etilgani aniqlangan. Shuningdek, so’z erkinligi hamda mitinglar o’tkazish huquqlari poymol etilgan.

Kuzatuvchilar, ayniqsa, sharqiy Ukrainada vaziyat yanada keskin ekaniga e’tibor qaratgan.

BMT rasmiylarining aytishicha, janubiy va sharqiy Ukraina parlamenti rus tilining mahalliy til sifatidagi mavqeini bekor qilish taklifi bilan chiqib jiddiy xatoga yo’l qo’ygan. Bu qonun muvaqqat prezident tomonidan imzolanmagan bo’lsa-da, rusiyzabon aholi ko’pchilik bo’lgan sharqiy va janubiy viloyatlarda keskin noroziliklarga sabab bo’ldi.

BMT hisoboti xulosasida inson huquqlari buzilishida ishtirok etgan barcha aybdorlarni topib jazoga tortish tavsiya qilingan. Shuningek, unda barcha fuqarolarga ijtimoiy va siyosiy hayotda teng ishtirok etish imkoniyati berilishi lozimligi ta'kidlangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG