Breaking News

BMTning Yaman bo'yicha maxsus vakili ishdan ketdi


Jamol Benomar, BMTning Yaman bo'yicha maxsus vakili lavozimidan bo'shadi
Jamol Benomar, BMTning Yaman bo'yicha maxsus vakili lavozimidan bo'shadi

BMTning Yaman bo'yicha maxsus vakili Jamol Benomar to'rt yillik xizmatdan so'ng lavozimidan ketmoqda. BMT bosh kotibining idorasi chiqargan bayonotda aytilishicha, rasmiy yangi ishga o'tmoqchi. Uning o'rniga kim kelishi hozircha ma'lum emas.

Tashkilotdagi diplomatlar nazarida Saudiya Arabistoni va Fors ko'rfazidagi ayrim arab davlatlari uning ishidan norozi bo'lgan. Ularga ko'ra, Benomar hutiy isyonchilar va Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadining tarafdorlari o'rtasidagi ixtilofga chek qo'ya olmadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yamanda hokimiyat uchun kurashayotgan tomonlarni murosaga, muloqotga, qo'shma hukumat tuzishga chaqirmoqda. Shu hafta BMT Xavfsizlik Kengashi Yaman bo'yicha rezolyutsiya qabul qilib, hutiy isyonchilarga qurol embargosi qo'ydi, hutiylar rahbarlariga nisbatan sanksiya joriy etdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG