Breaking News

Vashingtonda AQSh-Afg'oniston qo'shma komissiyasi yig'ilgan


AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul Davlat departamentida uchrashmoqda, Vashington, 21-mart, 2012-yil.
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul Davlat departamentida uchrashmoqda, Vashington, 21-mart, 2012-yil.
Qo’shma Shtatlar va Afg’oniston rasmiylari yil boshida imzolangan strategik hamkorlik bitimi doirasida Vashingtonda ikki tomonlama komissiya ishida ishtirok etmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Davlat departamentida Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul bilan uchrashdi. Uning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Afg'oniston xavfsizligini ta'minlash rejasidan qaytmaydi.

May oyida imzolangan bitim ikki davlat munosabatlarining 2014-yildan keyingi kelajagini belgilaydi, ya’ni xorijiy qo’shinlar mamlakatni tark etganidan so’ng. Komissiya bitim punktlarining ijrosi bilan shug'ullanadi.

Hujjatda xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va davlat boshqaruvi kabi yo’nalishlardagi hamkorlik nazarda tutilgan.

Qo’shma Shtatlarning Afg’onistonga qayta qo’shin kiritishi haqida so’z yo’q, ammo xorijiy kuchlar chiqqanidan so’ng Amerika Afg’onistonga kamida yana 10 yil harbiy tomondan ko’mak berib keladi.

Bitimga ko’ra, mamlakatda AQSh harbiylarining bir qismi qoladi, ammo qanchaligi aytilmayapti. Ular mahalliy xavfsizlik kuchlarining tayyorgarligi bilan shug’ullanadi, maslahat beradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG