Breaking News

AQSh: Afrika blan savdoga oid qonun faqat iqtisodiyot haqida emas


Prezident Barak Obama Vashingtonda o'tgan AQSh-Afrika sammitida, 5-avgust, 2014-yil.
Prezident Barak Obama Vashingtonda o'tgan AQSh-Afrika sammitida, 5-avgust, 2014-yil.

Kelasi hafta Gabonda o'tadigan xalqaro sammit oldidan AQSh rasmiylari Afrika blan savdo istiqboli hozir har qachongidan yaxshiroq ekanini aytmoqda.

AQSh-Afrika savdo aloqalari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:52 0:00

Vashington nazarida Afrika taraqqiyoti va imkoniyati qonuni faqat savdo kelishuvi haqida emas.

Yaqinda Kongress tomonidan yana 10 yilga uzaytirilgan qonun Sahroi Kabirdagi 39 davlatga AQSh bilan erkin savdo qilish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, AQSh mintaqaga ochiq bozor tizimi, taraqqiyot, demokratiya va ayollar mavqeini oshirish kabi qadriyatlarni eksport qiladi, deydi AQSh Davlat kotibining Afrika masalalari bo'yicha yordamchisi Linda Tomas-Grinfild.

"Qonunning yana 10 yilga uzaytirilganidan juda xursand bo'ldik. AQShda uni har ikki partiya qo'llab-quvvatladi. Bu Afrika qit'asida yaxshi boshqaruv va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirib, barchani qamrab oluvchi taraqqiyot, ochiq bozor va farovonlikka yetaklaydi", - deydi u.

Dasturning 10 yilga uzaytirilishi shu paytgacha berilgan eng uzoq muddat. U barcha tomonlarga xotirjamlik ato etadi, deydi AQSh Savdo vakilining o'rinbosari Flori Liser.

"Qonun yaqin orada ishlashdan to'xtaydi, degan xavotirimiz yo'q endi. Bu bizga Afrika bilan savdo va investitsiya bo'yicha ko'proq strategik aloqaga e'tibor bera boshlash imkonini beradi", - deydi u.

Tomas-Grinfildning aytishicha, qonunning siyosiy bandlari ham mavjud. Masalan, agar biror davlat to'g'ri yo'ldan ozsa, AQSh uni ro'yxatdan chiqarib tashlash huquqiga ega. Burundi yuzasidan hozir ayni shu masala ko'rib chiqilmoqda, deydi rasmiy.

Konstitusiyaga zid ravishda Burundi rahbarining uchinchi bor prezidentlik uchun nomzodini qo'yayotgani xalqaro hamjamiyat tanqidlariga duchor bo'lmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG