Breaking News

AQSh universitetlarining eshigi afrikalik yoshlarga kengroq ochiladi


Janubiy Afrikadagi Shimol-G'arb universiteti talabalari. 25-fevral 2016-yil
Janubiy Afrikadagi Shimol-G'arb universiteti talabalari. 25-fevral 2016-yil

AQSh Tijorat vaziri muovini Markus Jadot qator universitetlar vakillari bilan birgalikda Afrika mamlakatlariga safar qilmoqda. Birinchi manzil – Janubiy Afrika poytaxti Yohannesburg.

Afrika yoshlari uchun oliy o’quv yurtiga kirish oson emas. Universitetlarda talabalar ko’p, joylar esa kam. O’z ahvolidan norozi o’qituvchilar tez-tez ish tashlaydi. Diplom olgach, ish topish ham oson emas. Lekin yigit-qizlar uchun xorijga borib, o’qish undan ham qiyin. 2014-2015-o’quv yilida AQShda tahsil olgan bir million xorijlik talaba orasida Afrikadan kelganlar 34 ming atrofida.

Amerika hukumati vaziyatni o’zgartirmoqchi. Tijorat vazirining sanoat va tahlil uchun mas’ul muovini Markus Jadot - delegatsiya rahbari:

“Afrikalik talabalar Qo’shma Shtatlarda o’qishga yondashuv juda innovatsion bo’lgani sababli kelishsin. Shuningdek, xalqaro kompaniyalar eng malakali, eng yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan xodimlarni qidiradi, shunday ekan, mamlakatimizda o’qishga marhamat. Bu biz, amerikaliklar, uchun ham foydali”, - deydi rasmiy.

Jadot AQShning 25 oliy o’quv yurti vakillari bilan birga Afrikaga borib, mahalliy universitetlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ymoqchi.

“Vakillari biz bilan Afrikaga borgan universitetlar afrikalik talabalar uchun maxsus stipendiya va grantlar ajratishga tayyor”, - deydi u.

Bu ma’lumot Janubiy Afrikada hozir maktabning yuqori sinflarida tahsil olayotgan yigit-qizlar orasida katta qiziqish uyg’otdi. Boneng Mofokeng Michigan davlat universitetining yuridik fakultetiga o’qishga kirmoqchi.

“Men dunyo kezmoqchiman. Mamlakatimiz iqtisodi yaxhi ahvolda emas. Balki xorijda hayot yaxshiroqdir”, - deya mulohaza yuritadi u.

Janubiy Afrikadan keyin delegatsiya Kot-d’Ivuar va Ganaga yo’l oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG