Breaking News

AQSh: Xitoy qo'shnilarini qo'rqitishga harakat qilmoqda


Xavfsizlik forumida Xitoyga qarshi tanqidlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:32 0:00

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattisning ta’kidlashicha, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi xatti-harakatlari qo’shnilarni qo’rqitishga va bosim o’tkazishga qaratilgan.

Xitoy Janubiy Xitoy dengizining katta qismini o’ziniki deb biladi. Bu yerda sun’iy orollar yaratib, o’z harbiylarini ham joylashtirgan.

“Xitoy qanchalik rad etmasin, Janubiy Xitoy dengizida qurollar joylashtirilishi qo’shnilarni qo’rqitishga qaratilgan”, - deydi Jim Mattis.

Singapurda o’tgan xavfsizlik forumida Janubiy Xitoy dengizidagi munozaralar, Xitoyning bu hududda hukmdorlikka intilayotgani muhokama qilindi.

Dengizning turli qismlariga Vyetnam, Filippin, Malayziya, Bruney va Tayvan ham da’vogarlik qiladi. Ular Pekin bilan tortishib kelmoqda.

“Sun’iy orollarda Xitoy kemalarni cho’ktiradigan raketalar, yer-havo rusumidagi raketalar, aloqani to’sadigan uskunalar o’rnatgan. Yaqinda bombardimonchi samolyotlarni ham qo’ndirdi”, - deydi Mattis.

Bu bayonotlar AQSh-Shimoliy Koreya sammiti oldidan yangramoqda. Avvaliga bekor qilingan uchrashuv 12-iyunda bo’lib o’tadi.

“Koreya yarim orolini butunlay, tasdiqlab bo’ladigan qilib yadro qurollaridan tozalash tarafdorimiz”, - deydi AQSh vaziri.

Mattisga ko’ra, AQShning Janubiy Koreyadagi qo’shinlari soni muhokama qilinmaydi. Vashington va Seul iznidagi masala bu, deydi u.

Donald Tramp va Kim Chen Un o’rtasidagi uchrashuvdan qanday natija kutilayotgani haqida mudofaa vaziri og’iz ochmadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG