Breaking News

Amerika Osiyodagi ittifoqchilar bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda


Xitoy patrul xizmati mintaqada talash Janubiy Xitoy dengizida
Xitoy patrul xizmati mintaqada talash Janubiy Xitoy dengizida

Qo’shma Shtatlar Osiyodagi ittifoqchilar bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda.

Qator davlatlar Pekinni Janubiy Xitoy dengizida “provokatsion” xatti-harakatlarda ayblaydi. Xitoy, deydi qo’shnilar, hududiy tortishuvlarni kuch va bosim orqali hal qilmoqchi.

AQSh Davlat kotibi muovini Entoni Blinken kecha Kongressda bu boradagi savollarga javob berdi.

“Filippin Xitoyni sudga bergan, ammo suverenitet masalalarida biz betarafmiz”, - deydi Blinken.

AQShning istagi, deydi u, barcha davlatlar dengizda erkin harakatlana olsin, kelishmovchiliklar tinch yo’l bilan hal qilinsin, xalqaro qonunlarga rioya etilsin. Ammo Xitoy dengizdagi orollarni o’zlashtirib, harbiy inshootlar qurgani qonunga zid, deydi rasmiy.

Ayni paytda bir guruh senatorlar qonun loyihasini olg’a surmoqda.

Unga ko’ra, Amerika Janubi-sharqiy Osiyodagi hamkorlariga harbiy ko’makni oshiradi, Janubiy Xitoy dengiziga patrul kemalarini safarbar etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG