Breaking News

AQSh mudofaa vaziri Osiyo va Yaqin Sharqqa otlandi


AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter
AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter shu hafta Osiyoda bo’ladi. Qo’shma Shtatlar Filippinda askarlarini joylashtirishni rejalamoqda, bazalardan biri Xitoy da’vo qilayotgan Janubiy Xitoy dengizi yaqinida joylashadi. Karter Filippinda bazani ochish xususida gaplashadi, biroq Xitoyga bormaydi.

Uning aytishicha, mintaqa davlatlari Xitoy harbiy qudratidan cho’chimoqda. Pekin dengizdagi ayrim orollarni o’ziniki deb, kerak bo’lsa, qurol bilan himoya qilishini aytgan. Orollarga da’vo qilayotgan bir necha mamlakat so’nggi paytlarda AQSh bilan harbiy hamkorlikni oshirmoqda.

Karterning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Xitoy bilan bu masalada turlicha pozitsiyada bo’lsa-da, Vashington munozaraning tinch yo’l bilan, mintaqaga zarar yetkazmay hal etilishi tarafdori.

Amerika mudofaa vaziri, shuningdek, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonida ham bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG