Breaking News

Katta Yettilik: Dunyo yadro qurolidan xoli bo'lishi kerak


"Katta Yettilik" davlatlari rasmiylari Xirosima Tinchlik yodgorligi parkida. Xirosima, 11-aprel, 2016-yil
"Katta Yettilik" davlatlari rasmiylari Xirosima Tinchlik yodgorligi parkida. Xirosima, 11-aprel, 2016-yil

Yaponiyada o'tgan "Katta Yettilik" davlatlari yig'inida yadro qurolidan xoli dunyoga chaqiruvchi bayonot qabul qilindi. Xirosima deklaratsiyasi deb nom olgan hujjatda Suriya va Ukrainadagi vaziyat hamda Shimoliy Koreya amalga oshirgan yadro sinovlari xavotir bilan tilga olinadi.

Yig'inda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri hamda Germaniya, Italiya, Britaniya, Yaponiya, Kanada va Fransiya rasmiylari qatnashdi. Yadro quroliga qarshi "Katta Yettilik" anjumanining Xirosimada o'tishi ramziy ahamiyatga ham ega. 71 yil oldin Ikkinchi Jahon urushi nihoyasida AQSh bu shaharga birinchi atom bombasini tashlagan edi.

Xirosimaning Tinchlik yodgorligi va muzeyi hamda Atom bombasi gumbaziga tashrif oldidan Jon Kerri kelajakda bunday mash'um hodisalar ro'y berishiga yo'l qo'ymaslik lozimligiga e'tibor qaratdi.

Uning aytishicha, bu tashrif o'tmish haqida emas, balki bugun va kelajak to'g'risida.

Dunyoning yetti yetakchi davlati tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qator global masalalar muhokama qilindi.

Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi agressiv siyosati, Shimoliy Koreyaning yadro sinovlarini ko'paytirayotgani alohida muhokama qilindi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG