Yaponiyada Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlanganining 69 yilligi xotirlanmoqda. II Jahon urushi so'ngida, 1945-yilning 6 va 8-avgust kunlari tashlangan atom bombalari 210 ming odamning hayotiga zomin bo'lgan edi.
Xotira kuni munosabati blan gapirgan Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe dunyoni atom qurollaridan xoli hududga aylantirishga chaqirdi.
Xirosima va Nagasaki qurbonlari xotirlanmoqda

1
1946-yil martda, atom bombasi tashlangandan olti oy o'tib olingan bu suratda Xirosima shahridagi vayronagarchilik aks etgan.

2
Xirosima shahriga atom bombasini tashlagan "B29" bombardimonchi samolyotining ekipaj a'zolari

3
Ma'shum kun xotirasi uchun tiklangan "Atom bombasi gumbazi"ning quyosh botayotgan paytdagi ko'rinishi, Xirosima, Yaponiya.

4
90 yoshli Kiyome Hirayama (chapda) Xirosima qurbonlari xotirasiga ibodat qilmoqda. Uning eri bomba portlagan payt Xirosima shahrida harbiy xizmatda edi.