AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Qrimning Rossiyaga qo’shib olinganini qoraladi.
Bunday bayonotni u Ruminiya poytaxti Buxarest yaqinidagi harbiy bazada AQSh va Ruminiya qo’shinlari oldida berdi. Baydenning bu davlatga safaridan maqsad NATO tashkilotidagi hamkorlarini Vashingtonni qo’llab-quvvatlashga undashdir.
“Rossiya harakatlari nafaqat Ukraina suverenitetini buzdi, balki XX asrda biz kurashgan va erishdik deb ishongan asosiy tamoyilga qarshidir. Yevropadagi chegaralar hech qachon qurol yordamida o’zgartirilmasligi kerak”, - dedi Bayden.
So’ngra Ruminiya Bosh vaziri Viktor Ponta bilan jurnalistlar oldida so’zlagan AQSh rasmiysi markaziy va sharqiy Yevropa birgalikda Rossiyaning energiya zaxiralarini mintaqada qurol sifatida ishlatishiga qarshilik bildirishi kerak, deb aytdi.
“Shu bois men Yevropa uchun keyingi yirik qadam xavfsiz, turli yo’nalishlardagi va bir-biriga ulangan energetika bozorlarini barpo etish deb hisoblayman", – dedi Bayden.
Ayni vaqtda sharqiy Ukraina hamon rossiyaparast ayirmachilar nazoratida qolmoqda. Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, o’n minglab qo’shinlar Ukraina chegarasi yaqinidan asta-sekin orqaga qaytmoqda.
Kreml buni ikki haftadan beri qayd etadi. Ammo NATO nazarida amalda bundan darak yo’q.